O‘zLiDeP ishchi guruhi aholi tomorqasidan samarali foydalanishda yaqin ko‘makchi bo‘lyapti

10.04.2019, 18:29

O‘zLiDeP ishchi guruhi aholi tomorqasidan samarali foydalanishda yaqin ko‘makchi bo‘lyapti

Keyingi yillarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni yaxshilash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ham sifat ham son jihatdan sezilarli darajada oshdi.

Ayniqsa, aholi tomonidan xonadonlarda barpo etilgan issiqxonalarda limon yetishtirish, inson salomatligi uchun foydali mevali ko‘chatlar ekish shuningdek, aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha tomorqa egalariga maslahat va ko‘mak berish tashkil qilindi.

Bundan tashqari, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholining tomorqadan samarali foydalanishini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinayotganligi aholi daromadlarini yanada oshishiga katta xizmat qilyapti.

Shu bilan birga, tomorqa yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar borligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shu kabi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholi tomorqalarining har bir qarichidan samarali foydalanish borasida respublika miqyosida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.

Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini hamda aholi daromadlarini yanada oshirishga qaratilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, barcha hududlarda xonadonlarda tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, joylardagi mavjud muammolarni tahliliy o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar asosida har bir oilada tomorqadan foydalanish unumdorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida partiyaning targ‘ibot va monitoring guruhlari tashkil qilindi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, partiya faoli bo‘lgan fermerlar, tadbirkorlar, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari hamda soha mutaxassislaridan tashkil topgan 756 nafardan iborat ishchi guruh vakillari xonadonma-xonadon yurib aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish borasida targ‘ibot tadbirlarini olib boryapti.

Ushbu targ‘ibot guruhi mart oyi va aprel oyining birinchi 10 kunligi davomida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Respublika bo‘yicha jami 142 ming 500 ta xonadonlarga kirilib, xonadon egalari tomonidan o‘zlariga tegishli yer uchastkasidan foydalanish holatlari yuzasidan monitoring olib borishdi.

O‘tkazilgan monitoring natijasida Respublika bo‘yicha jami 4,7 ming gektar yer uchastkalari maydonlari foydalanilmayotganligi, yer maydonlariga mevali ko‘chatlar ekish, hatto kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmaganligi aniqlangan.

Bundan tashqari olib borilgan o‘rganishlar va tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki 3356 nafar fuqaro kredit olishda, 5465 nafari sug‘orish ishlarida, 9227 nafar xonadon egalari yerga ishlov berish, 15333 nafari esa zarur ko‘chat va urug‘lik olish masalasida murojaat qilib, bu bo‘yicha zarur maslaxat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu bilan birga partiya ishchi guruh vakillari tomonidan 47,6 ming nafar tajribali dehqon va tomorqachilar aniqlanib, 13,2 mingta xonadon egalariga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha master-klasslar, mahorat darslari tashkil qilindi.

Masalan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining Z.M.Bobur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Shavkatbek Jumaboyev xonadonidagi tomorqa faoliyati ko‘zdan kechirilganda fuqaroning 6 sotixdan iborat shaxsiy tomorqasining 4 sotixidagi issiqxonada turfa gullar parvarishlanayotgan bo‘lsa, 2 sotix maydonga qurilgan issiqxonada limonariya tashkil etilgan.

Shuningdek, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Lolaxon Rahmatullayeva atigi bir sotix tomorqasida issiqxona tashkil qilib, limon va mandarin yetishtirayotgan bo‘lsa, ushbu mahalladagi A. Sattarovga tegishli 4 sotix, V.Umurzaqovning 8 sotixdan iborat tomorqasida umuman ekin ekilmaganligi aniqlanib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Qo‘shko‘pir tumani “Oshoqqal’a” mahallasida istiqomat qiluvchi O.Bekchanov xonadonida, 16 sotix tomorqasida pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattako‘rpa” mahallasidagi E.Jo‘rayevaning issiqxonasida, pomidor, bodring, sitrus mevalar bilan birga molxonaning tom qismida turli ko‘chatlar yetishtirayotgan Beshariq tumani “Rapqon” MFYda yashovchi D.Abdusaliyev tomorqasida tashkil etilgan mahorat darslari aholi vakillariga katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zLiDeP vakillari tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu kabi amaliy seminarlar respublika bo‘ylab tizimli ravishda davom etmoqda.

Jamshid Jalolov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi mutaxassisi

  • Ko'rildi
    975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+