O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘zi ojizlarning murojaati bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi ko‘zi ojizlarning murojaati bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi

Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining bir guruh o‘qituvchilari (I guruh nogironlari) Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasining  2011 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining 154-bandini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilishgan edi. Bu masala parlament quyi palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Adham Shodmonov tomonidan joyida o‘rganildi.

Qarorning 154-bandida  qayd etilishicha, “Ish staji va pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan (olingan) ish haqi hisobga olingan holda pensiya miqdorini qayta hisoblash amalga oshirilmaydi”.

– Bizning maktab-internatda 20-25 yildan buyon ishlayotgan o‘qituvchilar bor. Ular nogironlik nafaqasidan pensiyaga o‘tish vaqtida ko‘zi ojiz I guruh nogironlarga eng kam oylik ish haqining bir barobarini qo‘shib berilishiga qiziqib, oldindan hujjat topshirishgan. Hozirda 3 million so‘m oylik maoshidan tashqari, 600 ming so‘mgina pensiya olishyapti, – deydi Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati kasaba uyushmasi raisi Zokir Mahammatov. – Bugungi kunda ishga kirgan nogiron o‘qituvchilar pensiya uchun hujjat topshirsa, oylik maoshi uch million atrofidaligi uchun pensiyasi 1,5 milliongacha hisoblanadi. Shuni inobatga olib, ilgari nafaqaga chiqqan nogironlarning pensiyalarini qayta hisob-kitob qilishni joriy etish borasida ko‘mak bersangiz.

Deputatimiz mutaxassislarning xulosalarini o‘rganib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif tayyorlashini ma’lum qildi.

– Biz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi Adham Shodmonovga samimiy minnatdorlik bildiramiz, – deydi internat o‘qituvchisi, I guruh nogironi
A. Haydarov. – Zotan, u boshqa okrugdan saylangan bo‘lishiga qaramasdan, internatga kelib murojaatimizni o‘rganib, bizga tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, uchrashuvda maktab-internat yonidan o‘tgan yo‘l chorrahasiga svetofor o‘rnatish bo‘yicha kelib tushgan og‘zaki murojaat yuzasidan Samarqand shahar hokimligi bilan kelishilgan mazkur masala ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    709
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-04-12 08:44:00

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, қўмита раиси Адҳам Шодмонов жуда талабчан инсон бу муммони ижобий ҳал қиладилар деб умид билдириб қоламиз.


Fikringizni qoldiring

+