BPT raisi o‘z lavozimini tark etdi

11.04.2019, 17:28

BPT raisi o‘z lavozimini tark etdi

Bugun joylarda bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida ham O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirga qadar esa Kegayli, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy tumanlari va Nukus shahri qoshida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inlarning yig‘ilishlari ko‘tarinki ruxda o‘tdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor partiya maqsad va vazifalarini targ‘ib etish, tayanch nuqtalarning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarini sarhisob qilish, BPT raisini saylash hamda quyi bo‘g‘inlarning 2019 yilgi ish rejani tasdiqlab olishga qaratildi.

Kegayli, Ellikqal’a, Beruniy tumanlari va Nukus shahridagi BPT raislari o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshgani, partiya maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda faol ishtirok etgani sababli mazkur tayanch nuqta yetakchilariga qayta ishonch bildirildi.

“Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2017 yilda korxonamiz qoshida tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida BPT a’zolari elektoratimiz manfaatlarini himoya qilish, quyi bo‘g‘in safiga siyosiy jihatdan yetuk, liderlik qobiliyatiga ega yetakchilarni jalb qilishga astoydil harakat qildi. Endi joriy yilda bildirilgan ishonchni oqlash uchun ham quyi bo‘g‘in ishlarini yanada jonlantirishga bor imkoniyatimizni ishga solamiz”, – deydi “Nukus Yevro Stroy” MChJda faoliyat yuritayotgan BPT raisi A.Shimbergenov.

To‘rtko‘l tumanidagi “Markazobod” mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida BPT raisi J.Settiyevning 2018 yildagi faoliyatiga tanqidiy baho berilib, ishonchni oqlay olmagan quyi bo‘g‘in yetakchisi o‘z lavozimidan ozod etildi.

Yig‘ilish so‘ngida BPT a’zolarining fikr-mulohazalari e’tiborga olinib, J.Settiyev o‘rniga A.Yerimbetov quyi bo‘g‘in yetakchisi etib saylandi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    802
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+