Yangiqo‘rg‘ondagi O‘zLiDeP quyi bo‘g‘in rahbarlarining 8 nafari ogohlantirildi

11.04.2019, 17:35

Yangiqo‘rg‘ondagi O‘zLiDeP quyi bo‘g‘in rahbarlarining 8 nafari ogohlantirildi

Partiyaning faolligi ko‘p jihatdan boshlang‘ich partiya tashkilotlariga bog‘liqdir. Shu sababli, partiyaning barcha hududiy kengashlari tarkibidagi BPTlarning hisobot-saylov yig‘ilishlarida quyi tuzilmalarning faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi tasarrufidagi 101 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida hozirga qadar 10 ga yaqin BPT faoliyati qoniqarsiz deb baholandi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, tuman pochta-aloqa bo‘limi va “Uztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining Yangiqo‘rg‘on tumangaz uchastkasi qoshidagi  boshlang‘ich partiya tashkilotlari butunlay partiyadan uzilib qolganligi, ushbu quyi bo‘g‘in raislari bironta bir tashabbus ko‘rsatmaganligi tanqid ostiga olindi.

Ushbu quyi bo‘g‘in rahbarlarining sakkiz nafari ogohlantirilib, partiyaviy vazifalarni sidqidildan bajarishga imkoniyat berilgan bo‘lsa, tuman elektr tarmoqlari korxonasi hamda “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tuman filiali qoshidagi BPT raislari o‘z vazifasidan ozod etildi. Ushbu ikki tashkilotning BPT rahbarligiga partiyaning bugungi kun talab va maqsadlariga javob bera oladigan yangi nomzodlar ko‘rsatildi.                         

- Bu yil davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar o‘tishini nazarda tutsak, partiyamizning saylovda muvaffaqiyatli ishtirok etishi ko‘p jihatdan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faolligiga ham bog‘liq, - deydi Yangiqo‘rg‘on  tuman elektr tarmoqlari korxonasi qoshidagi BPT raisligiga yangi saylangan  A’zamjon G‘ofurov. – Shu sababli, bu yilgi saylovlarda ko‘proq deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lish uchun korxonamizda faoliyat olib borayotgan partiyamiz a’zolarining barchasi hamjihatlikda harakat qiladi.

 Hisobot-saylov yig‘ilishlarida yangi saylangan boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislariga ish faoliyatini partiyaning tasdiqlangan reja asosida tashkil etish, barcha belgilab berilgan vazifalarni sidqidildan bajarish lozimligi borasida ko‘rsatmalar berilmoqda.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+