Talabchan yetakchilarga qayta ishonch bildirildi

12.04.2019, 19:09

Talabchan yetakchilarga qayta ishonch  bildirildi

Bog‘ot tumanidagi “Xorazmtex” MChJda 2012 yilda qurilish-montaj ishlari boshlanib, 2015 yilda to‘liq ishga tushirildi. Hozir paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarayotgan korxonada 200 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti.

Kecha, 11 aprel kuni mazkur korxona qoshida faoliyat yuritayotgan O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPTning partiya das­turiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi faoliyati tahlil etilib, 2019 yilgi ish rejasi tasdiqlab olindi.

“Dastlab a’zolarimiz soni 10 nafar edi. Hozirga kelib ularning soni  45 nafarga yetdi. Joriy yilda ishchi-xodimlarimiz soni oshayotgani hisobiga quyi bo‘g‘indagi a’zolimiz safi ham kengaymoqda. Chunki, partiya bilan hamkorligimiz juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida partiya bilan hamkorlikda muntazam ravishda siyosiy o‘quvlar o‘tkazamiz. Targ‘ibot tadbirlari natijasida ko‘plab yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdi”, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi Zulfiya Piraddinova.

Ta’kidlash kerak, mazkur korxona yiliga 400 tonna paxta tolasini qayta ishlab, 3400 tonna ip-kalava ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar esa Rossiya va Xitoy davlatlariga eksport qilinyapti. Kelgusida bosqichma-bosqich o‘z faoliyatini kengaytirib, 2020 yilga kelib 10 ming tonna paxta tolasini qayta ishlashni, 10 mln. pogon/metr gazlama, 8600 tonna ip-kalava ishlab chiqarishni va eksport hajmini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Paxta to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida korxonaga 60 dan ziyod qishloq xo‘jalik agrotexnikalari keltirildi. Kelgusida korxona katta sanoat kompleksiga aylantirilib, o‘zida yana 1000 nafar yoshlarni qamrab oladi.

“Quyi bo‘g‘inning hisobot-saylov jarayonida bayon qilingan mazkur ma’lumotlar, bajarilgan ishlar va galdagi vazifalar barchani shodlantirdi. Sababi harakat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Yaxshi boshqaruvchi bor jamoada o‘sish bo‘ladi. Yig‘ilish yakunida Zulfiya Piraddinovaning nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va jamoasining katta ishonchi bilan BPT raisiga qayta saylandi”, – deydi partiya Bog‘ot tuman Kengashi apparat rahbari M.Masharipov.

Tumandagi “Qalajiq qal’a” MFYda tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ayrim yo‘nalishlardagi sustkashliklar tanqidiy tahlil qilindi. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, boshlang‘ich tashkilot tashabbuskorligini oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Yig‘ilish so‘ngida R.Saidovaga bosh­lan­g‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+