Bilimdonlar “O‘zLiDeP kubogi” uchun bellashdi

12.04.2019, 19:16

Bilimdonlar “O‘zLiDeP kubogi” uchun bellashdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yoshlar o‘rtasida “O‘zLiDeP kubogi” uchun zakovat intellektual o‘yinini o‘tkazdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.

–Yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish muhim vazifalardan sanaladi,– deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sh.Otemisov. –Bu borada yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish juda muhim. Bunday bellashuvlar esa ularning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish barobarida kitob bilan oshno, do‘st qilishda yaxshi samara beradi.

–Bu kabi uyinlar biz yoshlarning o‘z ustimizda tinmay izlanishga, ko‘proq bilan bilan oshno bo‘lishga, bilim va saviyamizni yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega, – deydi I.Berdimuratov. – Uyinda kollej yoshlaridan tashkil topgan 11 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Murosasiz kechgan bahslarda g‘olib jamoalar aniqlanib, partiya tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    866
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир тумани2019-04-17 08:37:21

УзЛиДеП ниниг "Ешлар каноти" булимидаги ешларимизнинг фаоллиги бизни кувонтиради, албатта бу каби тадбирлар ешларимизни янада юксалишга уз устида купрок ишлашга албатта купрок укишга чорлайди ва уз навбатида ешларимизнинг партиямизга деган ишончи ошади ва партиямиз катори билимдон, талапчанг ва изланувчанг ешлар билан булиб боради.


Рахманова Гульнара ОзЛиДеП Тахтакопир районлык Кенеси аткарыушы хаткери 2019-04-17 08:33:24

Партиямыз тарепинен жасларга каратылып атырган улкен итибар хам коллап кууатлаулар оз озинен жаслардын бизин партиямызга деген кызыгыушылыгын кушейтеди. Жарыс бар жерде алга илгерилеу болары созсиз, кимнин женилгиси келеди? Бул орында партиямыздын "Жаслар канаты"болиминин белсендилигин мактаныш пенен айтып отсек орынлы. Алдагы жумысларынызда табыслар болсын.


Fikringizni qoldiring

+