Xususiy klinika ochishda qanday to‘siqlar bor?

12.04.2019, 19:19

Xususiy klinika ochishda qanday to‘siqlar bor?

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi “Ayollar qanoti” 2-sonli oilaviy poliklinikada “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish masalalari: amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda asosiy e’tibor Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasida tibbiyot sohasiga oid belgilab bergan vazifalar va 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatiga qaratildi.

–Yurtboshimiz tomonidan bizni sohaga ham bugun juda katta e’tibor qaratilayotganidan mamnunmiz. Bugungi bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ayniqsa, xususiy sektorni rivojlantirish nechog‘li muhim ekanligi xususidagi taklif va mulohazalar bizda katta taasurot qoldirdi. Bu kabi uchrashuvlar esa hamkasblarimiz orasida ana shunday yirik loyihalari orqali sohani yanada cho‘qqilarga olib chiqadigan tashabbuskorlar ko‘payishiga xizmat qiladi”, – deydi poliklinika bosh shifokori Shaxnozaxon Siddiqova.

Shuningdek, muloqotda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashning bugungi holati haqida ham so‘z bordi. Sog‘liqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan birga xususiy tarmoqni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan ayrim muammolar borligi qayd etildi.

–Bugun xususiy klinika ochish ham katta muammo bo‘lib qoldi. Nega desangiz, ortiqcha “yugur-yugurlar”, “qog‘ozbozliklar” odamni charchatadi. Qolaversa, tibbiyot sohasida xususiy klinikani yo‘lga qo‘yayotganlar uchun kredit foizlari ham yuqori. Kredit foizlarida imtiyozlar bo‘lishi meni fikrimcha ayni muddao bo‘lardi, – deydi  oliy toifali revmatolog, xususiy klinika rahbari O.Mahmutaliyev.

Muloqot yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 31 nafar tibbiyot xodimlari O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хамид2019-05-22 01:50:49

Шахсий клиника очмокчиман шунга Канака имкониятлар бор?


Fikringizni qoldiring

+