O‘zLiDeP deputatlik guruhi Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi sessiyasiga KSZlarni o‘rganish tahlili bo‘yicha masala kiritdi

12.04.2019, 19:35

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi sessiyasiga KSZlarni o‘rganish tahlili bo‘yicha masala kiritdi

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, eng chekka tuman, shaharlarda ham yangi ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes sub’ektlarini tashkil qilish,  tadbirkorlarga keng imkoniyat va imtiyozlar berishga qaratilgan ko‘plab qaror va farmonlari bejizga qabul qilinmayapti. Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad olis hududlarda ham minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishdan iborat.

Prezidentimizning ushbu me’yoriy hujjatlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning joylardagi ijrosini ta’minlashda O‘zLiDeP deputatlik guruhlari o‘z nazorat-tahlil faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bu borada tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarining muntazam axborotlari eshitib kelinmoqda.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlarining axboroti tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, viloyatda 19 ta kichik sanoat zonalari uchun 115,8 gektar yer maydonlari ajratilgan. 17 ta kichik sanoat zonasi hududiga 5,9 mlrd. so‘mlik 6 ta suv inshooti qurish rejalashtirilgan bo‘lib,  hozirgi vaqtda viloyat injinering kompaniyasi tomonidan sezilarli darajada ishlar olib borilmagan. Shuningdek, 9 ta kichik sanoat zonasi hududiga qiymati 3,05 mlrd. so‘m bo‘lgan 13,85 km. gaz tarmog‘i o‘rnatilishi belgilangan. Vaholanki, 9 ta hududda 14,35 km gaz tarmog‘i tortilib, 7 dona gaz taqsimlash qutisining o‘rnatish ishlarida muammolar mavjudligi aniqlangan.

Yig‘ilishda partiya deputatlik guruhlarining KSZlarni o‘rganishlari davomida qator boshqa muammolar ham mavjudligi ko‘zga tashlanganligi aytib o‘tildi. Xususan, kichik sanoat zonalari direksiyasi rahbarlariga tadbirkorlar tomonidan taqdim qilingan ayrim loyihalar bajarilmay qolib ketayotganligi, xorijdan yangi texnologiyalar va asbob-uskunalarni olib kelishda muammoga duch kelayotganligi aytib o‘tildi. KSZlarni tashkil etishda kanalizatsiya, elektr, gaz, suv ta’minoti, hududga olib boradigan yo‘llar o‘z vaqtida bajarilmayotganligi tanqid qilindi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish borasida tegishli qaror qabul qilindi. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga yuklatildi.

Oradan bir necha kun o‘tib O‘zLiDeP deputatlik guruhi tashabbusi bilan mazkur masala Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilindi.

Sessiyada muhokama qilingan mazkur masalalarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi va bu borada tegishli qaror qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    132
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-04-18 08:34:41

алқ депутатлари Самарқанд вилоят Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи ташшаббуси билан Вилоя Кенгашининг навбатдаги сессиясига киритилган Самарқанд вилоятида кичик саноат зоналарини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорининг ижроси бўйича киритилган масала долзарб бўлиб КЗС ларда фаолият бошлаш арафасида турган тадбиркорларни жуда кўп муаммоларини ҳал қилиб беради.


Fikringizni qoldiring

+