“Xaramjo‘y”liklarni qanday muammolar qiynayapti?

12.04.2019, 19:37

“Xaramjo‘y”liklarni qanday muammolar qiynayapti?

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Qarshi shahridagi “Xaramjo‘y” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda so‘z olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini, pirovardida aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topayotganini alohida ta’kidlashdi.  

Sayyor qabulda aholini ichimlik suvi va oqava suv bilan ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida tashib chiqish, mahalladagi transfarmatorni ta’mirlash, bolalar bog‘chasi qurish va boshqa masalalarda qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Jumladan, Sanjar Karimov 7 yildan buyon “Xaramjo‘y” MFYdagi “Botir Zokirov” ko‘chasi 27- uyda yashaydi. Shunga qaramay fuqaroning yashab turgan uy-joyining kadastr hujjatlari hozirga qadar Qarshi tumani kadastr bo‘limi ro‘yhatiga olinmagan.

Shu mahallada yashovchi Xamza Murodov esa mahallaga kirishdagi markaziy chorraxaga svetafor yo‘qligidan norozi.

Har ikki masala ham O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan nazoratga olinib, joyida hal etildi.

Mahalladagi transfarmatorni qayta ta’mirlash bo‘yicha ko‘tarilgan murojaatni esa Qarshi shahar elektr energiya ta’minoti korxonasi boshlig‘i U.Rizayev o‘z zimmasiga oldi.

Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Ortiqcha vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  A.Sherov tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov chiqarildi.

 A’zam SAGDULLAYEV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    902
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+