O‘zLiDeP ko‘magida 3 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratiladigan bo'ldi

15.04.2019, 17:22

O‘zLiDeP ko‘magida 3 nafar yoshga  imtiyozli kredit ajratiladigan bo'ldi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Namangan shahridagi “Yangiobod” MFYda Prezidentimizning “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda mazkur qaror bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlarga huquqiy va moliyaviy ko‘maklashish, kredit ajratish masalalari yuzasidan kengroq ma’lumot berildi.

–Mazkur tadbir tadbirkorlikni boshlash ostonasida turgan biz yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi “Yangiobod” MFYda yashovchi Baxromjon Axmadaliyev. –Boisi, tadbir davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kredit olish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, daromad topish bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Eng muhimi, partiya ko‘magida “Kapitalbank”dan 13 mln. 600 ming so‘m mablag‘ olib, 3 bosh qora mol olishga ham ulgurdim.

Tadbir davomida ishtirokchilar Fazliddin Abdullayev issiqxona tashkil qilish, Nabijon Toshmatov esa sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash uchun zarur uskunalar sotib olishda imtiyozli kredit olmoqchi ekanliklarini bildirishdi.

Har ikki masala ham O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan “Xalq bank” Namangan shahar filiali xodimiga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Davlatbek DADAXONOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 yoshlar bilan ishlash bo‘limi

yetakchi konsultanti

  • Ko'rildi
    851
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Rajabova Ruxsora2019-04-23 21:19:02

Men 22 yoshdaman tadbirkorlik boshlamoqchiman. Yosh tadbirkor kreditlaridan foydalansam boladimi qanday tartibda


Fikringizni qoldiring

+