O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida chimboylik yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

15.04.2019, 17:46

O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida chimboylik yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Chimboy tuman Ichki ishlar bo‘limining joriy yilning 1 choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

- Ayni paytda xalqimizning tinch va osoyishta turmush kechirishi uchun birinchi navbatda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda targ‘ibot ishlarini olib borishimiz kerak,  – deydi o‘z hisobotida Chimboy tuman Ichki ishlar bo‘limi yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.O‘tegenov. - Yildan yilga jinoyatchilikni oldini olishga, uni kamaytirish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda har kuni aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Jinoyatni sodir etishda ko‘proq kimlar ishtirok etyapti, uning kelib chiqish sabablari nimada, yoshlarimiz nima uchun bilib-bilmay har xil jinoyatga qo‘l urib qo‘ymoqda kabi bir qator savollarga javob topib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etsak o‘ylagan maqsadimizga erishamiz.

Qaysi mamlakatda tinchlik hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanish o‘sish bo‘ladi. Dono xalqimiz  “qo‘shning tinch, sen tinch” deb bejizga aytishmagan. Shu sababli ham yoshlar bilan muntazam ish olib borish, nazorat ishlarini kuchaytirish, aholi tinchligi uchun jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda ishlashda barchaga birdek mas’uliyat yuklashi ta’kidlab o‘tildi. 

O‘tkazilgan yig‘ilish davomida deputatlik guruhi vakillari yuqoridagi kun tartibidagi yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilingan ishlar hisobotini tinglab, bu bo‘yicha o‘zlarining fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    888
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+