“Jizzax Akkumulyator” OAJda BPT a’zolari soni ko‘paydi

15.04.2019, 18:25

“Jizzax Akkumulyator” OAJda BPT a’zolari soni ko‘paydi

O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan partiya shahar Kengashi xodimlari va BPT raislari uchun “JizzaxAkkumulyator” OAJga sayohat uyushtirildi.

Dastlab ishtirokchilar korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ishchilar uchun yaratilgan zamonaviy sport zali, futbol maydoni hamda  oshxonalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

“Ishlab chiqarish, qo‘rg‘oshinni qayta eritish, plastina sexi, materiallarni yig‘ish sexlari faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, so‘nggi yillarda zavodda jadal ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldik”, – deydi O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari Muxabbat Adilova.

Partiya vakillarining tashrifidan so‘ng “JizzaxAkkumulyator” OAJda faoliyat yuritayotgan BPT a’zolari soni yanada ortdi.

Ma’lumot uchun, O‘rta Osiyoda yagona hisoblangan “JizzaxAkkumulyator” OAJ 2010 yilda tashkil topgan. Hozirda bu yerda 539 ishchi-xodim, 42 nafar idora xodimlari mehnat qilmoqda.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1550
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+