Quvasoydagi “Kvarts” korxonasida faoliyat yuritayotgan BPTda “O‘zLiDeP kutubxonasi” tashkil etildi

16.04.2019, 16:59

Quvasoydagi “Kvarts” korxonasida faoliyat yuritayotgan BPTda “O‘zLiDeP kutubxonasi” tashkil etildi

O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi tarkibidagi “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda quyi bo‘g‘in yetakchisi S.Zohidovning 2018 yildagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkilotining faoliyatini yanada kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

- Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda o‘z safiga 500 nafardan ortiq a’zolarni birlashtirgan, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi S.Zohidov. - Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz tomonidan elektorat manfaatlarini himoya qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etishda tashabbus ko‘rsatib kelyapti. BPT ko‘magida 15 nafar yoshlar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, korxonamizning 20 nafardan ortiq ishchi-xodimlariga homiylik yordami ko‘rsatildi. O‘tgan yilning o‘zida korxonamizning 200 nafarga yaqin ishchi xodimlari partiyamiz safiga qabul qilindi. Eng quvonarlisi, bizning jamoamiz “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti-2018” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida mazkur quyi bo‘g‘in yetakchisi S.Zohidovning samarali faoliyatiga ijobiy baho berilib, BPT raisligiga qayta saylandi.

Shuni kuni tashrif buyurgan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi, partiya deputatlik guruhi vakillari, partiya faollari "Kvarts" aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Partiya vakillari ko‘magida yoshlarning ma’naviy xordiq chiqarishlari uchun mazkur korxonada "O‘zLiDeP kutubxonasi" tashkil etildi, 400 dan ortiq turli badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    937
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+