“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qamashi tuman bosqichi o‘tkazildi

16.04.2019, 17:14

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qamashi tuman bosqichi o‘tkazildi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qamashi tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda 20 nafarga yaqin tadbirkor va fermer xotin-qizlar o‘z mahsulotlari va ishlanmalari bilan qatnashdi. Tanlov davomida ishtirokchilar ishlab chiqargan mahsulotlari, tadbirkorlik faoliyatlari haqida hakamlar hay’atiga so‘zlab berishdi.

Sojida Umarova “Tursunov Muxammadali To‘lqinovich” MChJ rahbari. Tadbirkor 2018 yilda O‘zLiDeP ko‘magida olingan 94 mln. so‘mlik kredit evaziga Xitoy davlatidan 12 dona “MAQI” rusumidagi tikuv mashinasi olib keldi va 12  nafar xotin-qizning bandligini ta’minladi.

“Korxonamizda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni nafaqat ichki bozorda balki qo‘shni viloyatlarga ham sotyapmiz. Hozir Buxoro viloyatidagi “Urganch-Baxmal” tikuv fabrikasi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan maktab formalari tikish uchun shartnoma imzolaganmiz. Qolaversa, tumanimiz maktab o‘quvchilari uchun 100 ming dona maktab formasi tikish litsenziyasini ham qo‘lga kiritdik. Asosan mahsulotlar sifatiga ko‘proq e’tibor qaratamiz, shu boisdan mahsulotlarimizga talab yuqori”, – deydi tanlov g‘olibi, korxona rahbari S.Umarova.

Tanlovda “Zamonaviy tadbirkor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishda eng faol ishbilarmon ayol”, “Bitiruvchi qizlarga eng ko‘p ish o‘rni yaratgan ishbilarmon ayol” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar partiya tuman Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Gulbahor TO‘RAYEVA,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1022
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+