“Faoliyatimni yosh onalar uchun tashkil etganman”, deydi sirdaryolik tadbirkor

16.04.2019, 17:20

 “Faoliyatimni yosh onalar uchun tashkil etganman”, deydi sirdaryolik tadbirkor

“Tadbirkorlik faoliyatimni yosh onalar uchun tashkil etganman. Maqsadim, respublikamiz bo‘ylab ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizni, ya’ni chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan maxsus ko‘rpachalarni bepul tarqatish. Xayriya tadbirimizni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlab, Navoiy viloyatiga qadar keldik”, – deydi Navoiy viloyatida tashkil etilgan xayriya tadbirida sirdaryolik YaTT D.Mansurova.

Ma’lum bo‘lishicha, “Bolalarni yaxshi ko‘raman” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan xayriya tadbiridan ko‘zlangan maqsad – turli sabablarga ko‘ra nosog‘lom tug‘ilgan chaqaloqlar va e’tiborga muhtoj onalar ko‘nglini ko‘tarishdan iboratdir.

Nurota tumani “Eski” qishlog‘ida yashovchi M.Yarlaqabovaning ikkinchi farzandi ming afsuski, tug‘ma nuqson tug‘ildi. Partiya faollari va tadbirkor tashrifidan xursand bo‘lgan ona ko‘nglidagi so‘zlarni yashirib o‘tirmadi.

“Bu ikkinchi farzandim. O‘g‘ilchamiz nosog‘lom tug‘ilib, ichimizga chiroq yoqsa yorishmay turgan edi. Birdaniga biz tanimagan odamlarning bizni so‘rab, sovg‘a-salom bilan kelishi ko‘nglimizni ko‘tardi. Tadbirkor opamizga katta rahmat”, – deydi u.

Ta’kidlash kerak, bugun tadbirkor har bir viloyatga 20 tadan jami 280 dona “konvert” ajratgan. Maqsadi bitta, ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish va hadyalar sonini ko‘paytirish. 

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    876
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+