O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng Orzugul Meliyevaga uzluksiz tibbiy nazorati ko‘rsatiladigan bo‘ldi

16.04.2019, 17:30

O‘zLiDeP deputati so‘rovidan so‘ng Orzugul Meliyevaga uzluksiz tibbiy nazorati ko‘rsatiladigan bo‘ldi

Samarqand shahri “Istiqbol” ko‘chasi 12 -xonadonda yashovchi Kenja Raimova 34 yildan buyon nabirasi (birinchi guruh nogironi) Orzugul Meliyevani parvarishlab keladi. Onaxonning aytishicha, Orzugul bir yoshga to‘lganida noto‘g‘ri tashhis tufayli falaj bo‘lib qolgan. Onasi esa uni tarbiyalashdan bosh tortgan.

Joriy yilning yanvar oyi oxirida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov  tomonidan samarqandlik saylovchilar uchun uyushtirilgan qabulda 80 yoshli onaxon Kenja Raimova bilan uchrashib, uning muammolarini tingladi.

Onaxonning aytishicha, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, nogiron qiz Orzugul Meliyevaga Samarqand shahridagi “Rudakiy” 1-uydan yashash joyi ajratilgan va rasmiylashtirilib berilgan. Lekin hozirga qadar fuqaroga uy berilganicha yo‘q.

Shuningdek, u nogiron O.Meliyeva samarqandlik tibbiyot sohasi mas’ullarining e’tiboridan chetda qolganidan norozi. Shu bois,  Rossiyaning San-Peterburg shahridagi G.A.Alberxt nomidagi ilmiy reablitatsiya markazida Orzugulni GRANT yoki homiylik yordamida davolatishda ko‘mak so‘radi.

Mazkur murojaat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Adham Shodmonov Samarqand viloyat hokimligiga so‘rov yubordi.

Deputatlik so‘roviga javoban, Orzigul Meliyevaga 2018 yilning 2- fevralidagi Samarqand shahar hokimining qaroriga asosan, G‘ulom Karimov ko‘chasi 9-manzilda joylashgan ko‘p qavatli binodan yashash joyi 16,65 kv.metr, umumiy foydalanish maydoni 35,35 kv.metrni tashkil etgan 1-xonali uy ajratilganini ma’lum qilingan.

Shuningdek, so‘rovdan so‘ng Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2019 yil 19 fevraldagi “Uzluksiz  tibbiy nazorat tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, Samarqand shahridagi 3 – son  oilaviy poliklinikasi tomonidan birinchi guruh nogironi O.Meliyevaga muntazam tibbiy nazorati tashkil etish yillik rejasi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, murojaatchining nabirasiga bir nafar nevropatolog, bir nafar davolash gimnastikasi (LFK) vrachi va massajist hamshira biriktirilib, 3 kunda, haftada, bir oyda o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik va sog‘lomlashtirish muolajalari rejasi ishlab chiqilgan.

Uzliksiz tibbiy nazorat mazkur reja asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    848
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+