O‘zLiDeP deputati Ilxom Durdiyevdan pitnakliklar minnatdor bo‘ldi

17.04.2019, 11:20

O‘zLiDeP deputati Ilxom Durdiyevdan  pitnakliklar minnatdor bo‘ldi

Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ilxom Durdiyev Pitnak shahridagi “Sayopir” mahallasida o‘z saylovchilari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Uchrashuvda ichimlik suvi tanqisligi, ishga joylashish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shu kabi ko‘plab ijtimoiy muammolar ko‘tarildi.

“Mahallamizning ichki yo‘llari juda yomon ahvolda. Ko‘plab mutasaddilarning bundan xabari bo‘lsa-da, hech kim muammoga chuqur qaramaydi. Farzandlarimiz maktab va bog‘chaga borib kelishlarida ancha qiynalishyapti. Bugungi yig‘ilishda aynan shu muammoni aytish uchun kelgandim, shukurki, deputatimizning o‘zi homiylik asosida ichki yo‘llarni ta’mirlab berishni va’da qildi. Biz saylovchilar o‘zimiz ishonch bildirgan xalq vakiliga ishonchimiz yanada ortdi, - deydi shu mahallada istiqomat qiluvchi Dilbar opa Iskandarova.

“Inson yashar ekan har kuni turli muammolarga, turli to‘siqlarga duch keladi. Qishloq hayotida ayniqsa bu kabi masalalar talaygina. Mehnat qilib charchamaydigan aholining muammosini o‘rganish, ularga imkon qadar yaxshi sharoit yaratib berish biz deputatlarning zimmamizdagi asosiy vazifamizdir. Bugungi kundagi deputatlik vakolatimiz orqali esa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkonimiz bor, - deydi o‘z suhbatida deputat Ilxom Durdiyev.

Sayyor qabulda Mansur Iskandarovning murojaati ham chetda qolmadi. Ko‘p yillardan beri uyida ishsiz o‘tirgan fuqaro davlat ishida ishlash niyatida ekanligini aytib, deputatga yuzlandi. M.Iskandarovni ishga joylash maqsadida shu yerning o‘zida tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi A.Ozodova tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yhati bilan tanishtirildi. Shuningdek, deputat ularni lozim topmagan holda “GM Uzbekistan” AJ Xorazim viloyat filialiga ishga qabul qilishda ko‘maklashishni tavsiya qildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan shu kabi savollarga va og‘zaki murojaatlariga deputat, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan aniq javoblar oldilar. O‘rganish talab qiladigan boshqa masalalar bo‘yicha esa deputatlik nazoratiga olindi.   

 O.Qalandarova

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi

Ijrochi kotibi

 

  • Ko'rildi
    1361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+