O‘zLiDeP aksiyasi doirasida deputat o‘zi o‘qigan maktabga kitob sovg‘a qildi

17.04.2019, 17:24

O‘zLiDeP aksiyasi doirasida deputat o‘zi o‘qigan maktabga  kitob sovg‘a qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga alohida to‘xtalgan edi. Mazkur tashabbusni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazib kelinmoqda.

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruh a’zosi Quvondiq Abduraximov o‘zi tahsil olgan Zomin tumanidagi “Beshkubi” MFY Tolli qishlog‘ida joylashgan 44-umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Q.Abduraximov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga davlat darajasida e’tibor berilayotganligi, “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi hamda partiyaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib, maktab kutubxonasiga kitoblar tuxfa qildi. 

“Kitob insonni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalaydi, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishimiz lozim”, - deydi mazkur maktab direktori Berdiyor O‘rolov.

Mazkur “Durdona” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya boshqa tuman (shahar) larda ham davom etmoqda.

A.Isomov,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1022
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+