O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” eng olis qishloqda yashovchi xotin-qizlarga o‘quv seminar o‘tkazdi

17.04.2019, 17:37

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” eng olis qishloqda yashovchi xotin-qizlarga o‘quv seminar o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” Prezidentimizning “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini xotin-qizlar orasida targ‘ib qilishga qaratilgan seminar tashkil etdi.

– Yaqin ikki yil davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri E.Bekimbetova. – Mazkur Qarorda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarimiz uchun zarur maslahat va tavsiyalar berish maqsadida tadbirkorlik markazlarining tashkil qilinishi ko‘rsatib o‘tilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi seminarni “Ziyoda-Nur” o‘quv-markazida bejizga tashkil qilmadik. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik sub’ektlariga uyda o‘tirgan xotin-qizlarni jalb qilib, tadbirkorlikning sir-asrorlarini o‘rgatish, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklishdan iborat.  

– O‘tgan yili aprel oyida tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va bezash kurslari bo‘yicha ushbu o‘quv-markazimizni tashkil qilgandim, – deydi “Ziyoda-Nur” o‘quv markazi rahbari Z.Utenazarova. – Prezidentimiz qarorida berilgan imtiyozlardan foydalangan holda yana qo‘shimcha litsenziya olib yosh onalar maktabi, massaj, tibbiyot, qoraqalpoq milliy naqshlari, buxgalteriya va kompyuter kurslarini ham ochdim. Ushbu o‘quv markazimiz faoliyatini kengaytirish maqsadida shu yilning mart oyida erkaklar sartaroshxonasi, oshpazlik, mebel, poyabzal ustoxonalari kurslarini ham tashkil qildik. Hozirda o‘quv markazimizda 1 ming 500 nafarga yaqin yoshlar tahsil olmoqda. Yoshlarimiz hunar o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng kelajakda o‘zlari mustaqil ravishda ish faoliyatini olib borishadi. Yaqin kunlarda ushbu o‘quv markazini yanada kengaytirish maqsadida rus, ingliz va mobil telefonlarni ta’mirlash kurslarini ham tashkil qilishni rejalashtirganman.

Seminar ishtirokchilari ushbu o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlariga yetarlicha bilim va ko‘nikma hosil qilishdi.

Qolaversa, ushbu o‘quv-markaz qoshida yangi BPT tashkil qilinib, partiyaga a’zo bo‘lganlarga guvoxnomalar topshirildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    976
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна УзЛиДеП Тахтакупир тумани2019-04-22 09:08:48

УзЛиДеП нинг катори кун кундан фаол хотин кизлар ва ешлар билан тулишиб бораетганлиги партиямизнинг ютуги эканлиги бизни кувонтиради. Хакикатдан хам замон билан тенг кадам куйган талапчанг тадбиркорларимиз сони купаймокда. Сиёсий ва хукукий саводхонлигини оширишда ва янги карор фармойишлар мазмун мохиятини электоратимизга таргиб килишда барчага куч кувват тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+