“UZTEX Shovot” MChJdagi BPT a’zolari soni 400 nafarga yetdi

17.04.2019, 18:14

“UZTEX Shovot” MChJdagi BPT a’zolari soni 400 nafarga yetdi

Shu kunlarda barcha partiya hududiy kengashlarida bo‘lgani kabi Xorazm viloyatining shahar va tumanlaridagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilib kelinmoqda.         Shovot tumanidagi “UzTex Shovot” MChJ qo‘shma korxonasidagi quyi bo‘g‘inda o‘tkazilgan yig‘ilishda BPT raisi Hikmat Ro‘zmetov korxona va quyi bo‘g‘in faoliyati, o‘tgan yili erishilgan natijalar, olib borilgan targ‘ibot tadbirlari, o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, xodimlarning siyosiy bilimini oshirish, har bir xodim o‘z uyida tomorqasidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish borasida qilingan amaliy ishlar, BPTning tanlovlardagi ishtiroki borasida batafsil ma’lumotlar berdi.

- Tumandagi boshqa quyi bo‘g‘inlar ham mazkur korxonadagi boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatidan o‘rnak olsa arziydi, - deydi partiya viloyat Kengashining BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari Dilshod Gafurov. - Sababi, quyi bo‘g‘inlarga berilgan vazifa va topshiriqlarni birinchilardan bo‘lib bajarishda, o‘zlarining ko‘plab taklif va tashabbuslari bilan bizga chiqishlari, partiyamiz a’zolari safi ham, a’zolik badallari ham kun sayin oshib borayotgani ushub quyi bo‘g‘in o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilganidan dalolatdir. 

Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilotda partiya quyi bo‘g‘ini 2014  yilda tashkil qilingan edi. Dastlab ushbu boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilgan vaqtda 11 nafar a’zo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ular soni 400 nafarni tashkil etadi.

                                                                                                                                Risolat Bobojanova,

O‘zLiDeP Shovot tuman Kengashi

ijrochi kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    136
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+