Yoshlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari tushuntirildi

17.04.2019, 18:20

Yoshlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari tushuntirildi

Dang‘ara tumanida “Korrupsiya- taraqqiyot dushmani” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tuman IIB xodimlari ishtirok etgan tadbirda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonlariga fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni keng jalb etish, bu salbiy illatni butunlay yo‘q qilishda barcha birdek harakat qilish borasida so‘z yuritildi.

 Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “korrupsiyaga qarshi kurashish”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarning aniq va to‘liq bayon etilgani ta’kidlandi. Bu tushunchalarni har bir fuqaro bilishi uchun aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirish zarurligi qayd etildi.

- O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunini aholiga keng tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarur, – deydi O`zLiDeP Dang‘ara tuman Kengashi apparat rahbari Z.Qo‘ziyeva. – O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida o‘quvchi yoshlarni faol ishtirok etishi yaxshi samara beradi. O‘sib kelayotgan yosh avlodda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlarini yetkazish har bir tashkilotning muhim vazifasi bo‘lishi zarur.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. Tadbir so‘nggida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

 mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Д.Юлдашева Халқ депутатлари Жиззах вилояти Кенгаши депутати, O`zLiDeP Шароф Рашидов туман Кенгаши раиси2019-04-18 15:16:05

Ёш авлодни Ватанга бўлган садоқатини оширишда, коррупциянинг олдини олишда ёшлар ўртасида ўтказаётган тадбирлари учун Халқ депутатлари Данғара туман Кенгашидаги O`zLiDeP депутатлик гуруҳи аъзоларига ўз миннатдорчилигимни билдираман.


Fikringizni qoldiring

+