O‘zLiDeP ko‘magida uchqo‘rg‘onlik 35 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

17.04.2019, 18:22

O‘zLiDeP ko‘magida uchqo‘rg‘onlik 35 nafar yoshlar ishli bo‘ldi

Uchqo‘rg‘onlik Bahodir Karimov kasb-hunar kollejini tamomlaganiga ikki yil bo‘lgan bo‘lsada, hozirga qadar u o‘ziga munosib ish topishga qiynalayotgan edi. O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi, tuman hokimligi hamda aholi bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Bahodir “Uchqo‘rg‘on Don” AJ korxonasidan o‘ziga munosib ish topdi.

- Mehnat yarmarkasida 47 ta tadbirkorlik sub’ektlari, korxona va tashkilot, MTM va XTB vakillari 70 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, yoshlarga mavjud ish o‘rinlari va undagi yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berishdi, - deydi Aholi bandlika ko‘maklashish markazi, ushbu markaz qoshidagi BPT rahbari Mansurjon Raximov. - Bu orqali yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash, ularni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazib, daromad topishlariga ko‘maklashishni maqsad qilganmiz.

- Bugungi tashkil etilgan yarmarkada mutaxassisligim bo‘yicha ish topganimdan judayam hursandman, - deydi Dilfuza Raximova. - Tumanimizda joylashgan 17-MTMga ishga qabul qilindim. O‘z mehnatim orqali oilam daromadiga ko‘makdosh bo‘lishimga sababchi bo‘lgan barcha tashkilotchilarga minnatdorchiligimni bildiraman.

 Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP uyushmagan yoshlarni aniqlab, ularning munosib ish o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘maklashishni ustuvor vazifasi deb biladi. Ayni shu maqsadda tashkil etilgan mazkur mehnat yarmarkasida esa 35 nafar uyushmagan yoshlar muqim ish joyiga ega bo‘lishdi.

Davlatbek Dedaxanov,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

 yoshlar bilan ishlash bo‘limi

etakchi konsultanti

  • Ko'rildi
    1048
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+