O‘zLiDeP “Krossfit” bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazdi

18.04.2019, 17:12

O‘zLiDeP “Krossfit” bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamkorligida “Street sport”,  “Sog‘lom hayotga qadam tashla!” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan aksiyalari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vaziriligi Qurolli kuchlar akademiyasida tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi xodimlari, sport ustalari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vaziriligi Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlari qatnashdi.

Mutaxasislarning aytishicha, kam harakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida mamlakatimiz aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, 46 foizida qon tarkibida me’yoridan ortiq xolesterin mavjud. Yana 31 foizida esa qon bosimi yuqori. Shuningdek, aholi kundalik ovqat ratsionida meva-sabzavot iste’moli yetarli emas. Bu muammolar tufayli O‘zbekistonda yillik o‘lim holatlarining 78 foizi aynan yuqumsiz kasalliklar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

“Mazkur aksiya Toshkent shahrining barcha tumanlarida, jamoat joylarida bo‘lib o‘tmoqda. Mahallalarda — “Salomatlik maydonchalari”, hududlarda uyushmagan yoshlar bilan “Salomatlik darslari”, ta’lim muassasalarida “Tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz” aksiyalari, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish qoidalariga rioya qilish, jamoat transportlarida tamakisiz hudud yaratish, giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha ommaviy reydlar olib borilmoqda”, – deydi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruh a’zosi Alisher Muksimov.

Tadbirda shuningdek, “Krossfit” sporti bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etilib, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi

Matbuot xizmat

  • Ko'rildi
    951
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+