O‘zLiDeP deputati Tohir Baxronov saylovchilar ishonchini qozongan xalq vakili

18.04.2019, 17:14

O‘zLiDeP deputati Tohir Baxronov saylovchilar ishonchini qozongan xalq vakili

Bugungi kunda aholi dardu-tashvishlari bilan yashash, muammolarga befarq bo‘lmasdan yechim topishga astoydil harakat qilish, kam ta’minlangan va extiyojmand oilar holidan xabar olish, ularga saxovatpeshalik qilish, beg‘araz yordamini ayamasdan kelayotgan xalq noiblari ham oramizdan topiladi.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, Oliy Majlis Senati a’zosi Tohir Baxronov o‘z saylovchilari ishonchini qozongan ana shunday shijoatli deputatlardan biridir.

 Xalq vakili 1-“Do‘stlik” saylov okrugi hududidagi mahallalar aholisi bilan muloqot qildi. Deputatga saylovchilardan qator muammolar o‘rtaga tashlandi va ular yechimi bo‘yicha o‘z nazoratiga oldi.

Shuningdek, Tohir Baxronov ushbu mahalladagi kam ta’minlangan oilalar, nogironlarga oziq-ovqat mahsulotlari, qimmatbaho sovg‘alar ulashdi. Ularning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi.

 Shu kuni deputat ushbu hududda joylashgan maktablarga tashrif buyurib, 50 dan ortiq badiiy adabiyotlar, she’riy kitoblar, o‘quv darsliklarini taqdim qildi. Maktab jamoasi ixtiyoriga topshirilgan so‘nggi rusumdagi kompyuter jamlamasi esa axborot  texnologiyalari asrida zamonaviy fanlarni puxta o‘zlashtirishga ahd qilgan, o‘z g‘oya va ishlanmalarini  amalda qo‘llab ko‘rish istagida bo‘lgan  tolibi ilmlar uchun ayni muddao  bo‘ldi. 

E’tiborlisi, maktab ziyo maskanidagi kitoblar soni partiya vakillari, mahalliy Kengash deputatlari  va  partiya faollari ko‘magida 1560 taga yetdi. 

Umida RUSTAMOVA,

O‘zLiDeP faoli

  • Ko'rildi
    1048
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Пўлотов Ғолиб-O‘zLiDeP Ғиждувон туман Кенгаши аппарати раҳбари2019-04-18 17:33:29

Депутатларнинг ва партия фаолларининг мактаб жамоаларида бўлиб китоб тарқатаётганликлари, бу албатта хайирли ишларнинг энг олий даражасидаги бўлиб, жамиятимизда ҳар томонлама етук, билимдон, маънавияти юксак комил инсонларнинг етишиб чиқишида муҳим ўринни тутади.


Fikringizni qoldiring

+