O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuviga marhamat!

12.12.2017, 21:10

O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuviga marhamat!

Ma’lumki, 24 dekabr – Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan joylarda nomzodlarning  aholi  vakillari  bilan  uchrashuvlari  o‘tkazilmoqda.

E’tiboringizga 13 dekabr kuni O‘zLiDePdan qo‘yilgan nomzodlarning uchrashuvlari jadvali tumanlar kesimida aniq joyi va vaqti ko‘rsatilgan holda havola etilmoqda.

Agar sizning ham partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodlarimiz uchrashuvlarida ishtirok etish ishtiyoqi bo‘lsa, albatta o‘z taklif va fikr-mulohazalaringiz bilan qatnashishlaringiz mumkin. Eng muhimi ertangi hayotingiz farovonligi, farzandlaringiz baxtu-kamoli aynan sizning tanlovingizga bog‘liq.

Hurmatli saylovchilar! O‘zLiDeP sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni kuzatib boring. Unda keyingi kunlarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar joyi va vaqti to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarimiz uchrashuvlarida faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

JADVAL

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1362
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+