O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” sho‘rchilik Zaynab opaning tomorqasida master-klass tashkil etdi
18.04.2019, 17:42

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP vakillari uyma-uy yurib aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, tomorqalarida issiqxonalar tashkil qilish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish borasida tajribali tomorqachilarni jalb qilgan holda mahorat darslari o‘tkazib kelmoqda.
O‘zLiDeP Surxonadaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” Sho‘rchi tumanidagi “Joyilma” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Zaynab Pardayevaning xonadonida hudud aholisi uchun seminar tashkil etdi.
Hozirda Zaynab opa 10 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, limon, mandarin, apelsin, yapon yong‘og‘i, pista ko‘chatlarini parvarish qilyapti. Tomorqasining 2 sotix yer maydonida esa zaytun ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, gullash arafasida.
- Tomorqada ishlash menga zavq bag‘ishlaydi, - deydi Zaynab Pardayeva. – Chunki yoshligimizdan mehnat qilishga, shu orqali oilamiz daromadini oshirib borishga harakat qilib kelganmiz. Mehnatimning mahsulini esa ekkan ko‘chatlarim gullaganida va meva berib hosilga kirganida ko‘rib dildan quvonaman. Yanada ko‘proq mehnat qilgim keladi. 3 sotix tomorqaga noan’anaviy tarzda pomidor ko‘chatini ham ekdik. Huddiki, piyoz polkalarida ekilgandek qadalgan ko‘chatlarimiz hosilga kirib qolgan. Har bir poyada 7-8 donagacha pomidor quyosh taftida ancha qizarib qolgan. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik ishlar nafaqat hosildorlikni oshishiga, balki ancha mablag‘ tejalishiga ham xizmat qiladi.
Shu o‘rinda aytish joiz, aholining tomorqadan samarali va tizimli foydalanishida O‘zLiDeP Sho‘rchi tuman Kengashi tomonidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, partiya xodimlari xonadonma-xonadon yurib, odamlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyat va shart-sharoitlarini atroflicha o‘rganyapti. Tomorqadan foydalanishda qiynalayotgan yoxud kam ta’minlangan oila vakillariga amaliy yordam berilmoqda. Bu kabi faoliyatni boshlash niyatida yurgan fuqarolarga biznes yuritishga ko‘maklashyapti, zarur maslahatlar berilyapti.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda
16.09.2020, 17:36
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” seminarida samarqandlik 201 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgani ta’kidlandi
16.09.2020, 17:21
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi
15.09.2020, 15:29
-
Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
-
Senator Xivada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi
10.09.2020, 17:31
Fikringizni qoldiring