O‘zLiDePda “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi (+FOTO)

22.04.2019, 16:41

O‘zLiDePda “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi (+FOTO)

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining ayollar bilan ishlash bo‘limi tomonidan partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi bilan hamkorlikda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish: amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavvzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda dastlab mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar va istiqboldagi rejalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, istiqlolimizning ilk kunlaridan boshlab, onalar va bolalar salomatligi, barkamol avlod tarbiyasi chinakkam ma’noda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. "Sog‘lom ona – sog‘lom bola" milliy g‘oyasini o‘zida ifoda etuvchi dasturlar asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llanilishi natijasida skrining va perinatal kabi yangi tibbiy markazlar hamda ularning viloyatlardagi filiallari tibbiyotimiz rivojida mustahkam o‘rin egalladi. Qolaversa, ayni paytda yurtimizda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya hamda Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, shuningdek, ularning joylardagi filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Umumiy qiymati 130, 58 mln. AQSh dollarini tashkil etgan, Toshkent shahrida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda qurilayotgan Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ham bolalar salomatligini saqlash, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ham muhokama qilindi.

Davra suhbati ishtirokchilari go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi, shu jumladan ko‘krakdan emizishni himoya qilish va targ‘ib etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda O‘zbekiston Respublikasida bolalar ovqati mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash masalalari ushbu qonunning eng muhim ustuvor jihatlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratishdi.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasida “Ko‘krak suti o‘rnini bosuvchilar marketingi Xalqaro kodeksining qoidalari hisobga olinib, bolalar ovqati mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi sohasidagi asosiy yo‘nalishlar, ko‘krakdan emizishni himoya qilish va targ‘ib etishga oid  qator normalar loyihada o‘z aksini topgan.

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishda Gruziya, Ukraina, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi bir qator xorijiy davlatlar tajribasi ham o‘rganilgan. Ushbu mamlakatlarning qonunchiligida ko‘krakdan emizishni qo‘llab quvvatlash va targ‘ib qilish va bolalar ovqati mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish, go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi bilan bog‘liq tibbiyot xodimlarining vazifalari hamda tayyorlovchilar va tarqatuvchilarning faoliyatini cheklash kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.

So‘z olganlar ushbu qonun loyihasining maqsadi partiya dasturi va saylovoldi platformasiga to‘liq mos kelib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi partiyaning ustuvor vazifalardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu qonun loyihasi bugungi kunda o‘ta dolzarb ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, go‘daklik davridan bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishni shakllantirish erta yoshdagi bolalarni nafaqat jismoniy salomatligi va rivojlanishini, balki infeksiya xavfini kamaytirish, psixomator faoliyatini to‘laqonligi va uzoq kelajakda ijtimoiy holatini rivojlantirishda imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham muhim hisoblanishini qayd etishdi.

Ta’kidlanganidek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘krak suti bilan boqilgan go‘daklarning kasallanishi 2,5 martaga kamayar ekan.

Bu muammoning dolzarbligi, kichik iqtisodiy harajatlar bilan istisnosiz ko‘krak suti bilan boqilayotgan bolalar sonining barqaror o‘sishiga va go‘dak bolalarda kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradi. 2017 yil avgust oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘ni bir dollari hisobiga 35 dollar miqdorida foyda keltirishi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Ushbu taklif etilgan loyihani qabul qilish, hayotini birinchi kunidan boshlab go‘daklarni ratsional ovqatlantirish, bolalarni sog‘lom o‘sishi, ularni kasallanishi va o‘limi holatlarini kamaytirishga qaratilgan umumiy tadbirlar majmuasidagi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqqan holda, mazkur qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan tegishli takliflar ishlab chiqildi.

  • Ko'rildi
    1111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+