“Qashqadaryo g‘isht sanoati” MChJ yana 22 yangi ish o‘rni yaratmoqchi

22.04.2019, 16:54

“Qashqadaryo g‘isht sanoati” MChJ yana 22 yangi ish o‘rni yaratmoqchi

“Qashqadaryo g‘isht sanoati” MChJda yiliga 8 milliondan ortiq g‘isht ishlab chiqariladi. Mahsulotlar esa yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga, maktab va MTMga shartnoma asosida yetkazib berilmoqda.  

Korxona qoshida faoliyat yuritayotgan BPTga esa Nargiza Murtozoyeva rahbarlik qilib keladi. O‘tgan davr mobaynida uning sa’y-harakati bilan korxonadagi tarafdorarimiz soni 4 nafardan 35 nafarga yetdi.    

–Partiya quyi bo‘g‘ini yetakchisi etib saylanganimda oldimga katta maqsad qo‘ygan edim, – deydi N.Murtozoyeva. – Shulardan biri Shayxali shaharchasi “Oltin Boshoq” ko‘chasi yo‘lini qayta ta’mirlash edi. Chunki yog‘ingarchilik mavsumlarida bu ko‘chadan umuman o‘tib bo‘lmasdi. Shu bois, ko‘chaning 1 kilometriga xashar yo‘li bilan asfalt yotqizdik. Bu birgina mening tashabbusim bilan bo‘lgani yo‘q, partiyadan ko‘mak oldik, rahbarimiz Xaqqul Eshimov ham o‘z yordamlarini ayamadilar.

 Ma’lumot uchun, shu kunlarda korxona rahbari temir-beton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish arafasida. Loyiha hayotga tatbiq etilgach, 12 yangi ish o‘rni yaratiladi. Qurilishi yakuniga yetib qolgan 25 sotixlik issiqxonada esa 10 nafar yoshning bandligi ta’minlanadi.

A.RAHMATOV,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash

guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+