Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot institutining 14 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

22.04.2019, 16:56

Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot institutining 14 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot institutida O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

– Yosh istiqbolli kadrlarning shaxsiy fazilatlari va professional qo‘nikmasini hisobga olgan holda, boshqaruv lavozimiga tayyorlash va tavsiya etish uchun Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Abdullayev. – Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, loyiha Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan kadrlar zahirasini shakllantirib, ularni bosqichma-bosqich rahbarlik lavozimlarga tayyorlab borishni ham o‘z ichiga oladi.

Ma’ruzalardan so‘ng partiya faoliyati to‘g‘risida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar berib o‘tildi.

- Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mustaqillikning dastlabki davridanoq davlat ahamiyatiga molik ustuvor masala bo‘lib kelmoqda, - deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti Ch.Temirova. – Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish, iqtidorini rivojlantirish, axborot xurujlari va nosog‘lom muhitdan himoya qilish yuzasidan bir qator yoshlarga oid chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligi ham yoshlarimizning kelajakda jamiyat hayotida o‘z o‘rinlariga ega shaxs bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yurboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yanada oshirishi, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlashda oqsayotgan ayrim tashkilotlarni sergaklantirishi shubhasiz.

Saylovoldi jarayonlarda partiyalarga yuklatiladigan muhim vazifalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 14 nafar faol yoshlar partiyaning kadrlar zahirasiga olindi.

To‘lqin Turdiyev,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Аноним2019-04-24 22:48:36

Ешлар иттифокиям бошка ешлар ташкилотлариям нормальний ишлемеди умман кузбуямачилик


Fikringizni qoldiring

+