Joriy yilda Samarqand shahrida 346 loyihani amalga oshirish uchun 17,6 mlrd. so‘mlik kredit ajratildi

22.04.2019, 16:58

Joriy yilda Samarqand shahrida 346 loyihani amalga oshirish uchun 17,6 mlrd. so‘mlik kredit ajratildi

Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi  yig‘ilishida alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda deputatlar “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – Kelajagimiz” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan tijorat banklari rahbarlarining hisobotini tingladi.

 Ma’lum qilinishicha, 2019 yilda Samarqand shahrida 346 loyihani amalga oshirish uchun 17,6 mlrd. so‘mlik kredit ajratilgan. Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 72 ta oilaga 10,6 mlrd. so‘m, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 8 nafar yoshga 2,8 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan.

–Deputatlarimiz muntazam ravishda mazkur dasturlar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlarining axborotini eshitib keladi. Maqsad, deputatlar tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, mavjud muammolarni o‘rgangan holda xalq deputatlari tuman, shahar, viloyat Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqishdan iboratdir, – deydi O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ul xodimi Erkin Pardayev.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Axmadjon Bobojonovning axboroti eshitildi.

A.Bobojonovning aytishicha, 2018 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra shaharda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 162 ming 148 nafarni tashkil etgan.

 –2019 yilning 3 oyi mobaynida maktablardagi 87044 nafar o‘kuvchidan 12761 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazildi, – deydi A.Bobojonov. – Shundan 2014 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Ularning 1768 nafari sog‘lomlashtirilgan bo‘lsa, 246 nafarida sog‘lomlashtirish jarayoni ketmoqda.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhining  tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    757
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+