“Sayqal” korxonasidagi BPT rahbari 80 ta ish o‘rni yaratib quyi bo‘g‘in a’zolar sonini oshirmoqchi

22.04.2019, 17:08

“Sayqal” korxonasidagi BPT rahbari 80 ta ish o‘rni yaratib quyi bo‘g‘in a’zolar sonini oshirmoqchi

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi tarkibidagi “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshlang‘ich partiya tashkilotining partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi faoliyati tahlil etilib, 2019 yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

- “Dastlab a’zolarimiz soni 6 nafar edi. Hozirga kunga kelib ularning soni 38 nafarga yetdi. Joriy yilda ishchi-xodimlarimiz soni oshayotgani hisobiga quyi bo‘g‘indagi a’zolarimiz safi ham kengaymoqda. Chunki, Partiya bilan hamkorligimiz juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ishchilarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida partiya bilan hamkorlikda muntazam ravishda siyosiy o‘quvlar, faol yoshlarning korxonamizga sayohatlari tashkil etilyapti”, - deydi “Sayqal” ishlab chiqarish korxonasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi J.Niyozov.

Mazkur korxona yiliga 15 mingdan ziyod 7 xil turdagi nogironlik aravachalari, 2 xil turdagi xadinoklar hamda 50 ming metr kvadrat “Uz Bent”, “Infekto akaratsid F30” o‘simlik va daraxtlardagi zararkunandalarga qarshi preparatlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, korxona ta’sischiligida 33 turdagi eshitish moslamalari ishlab chiqaradigan “UD Audifon” O‘zbekiston va Germaniya qo‘shma korxonasi, 20 xil eshitish moslamalari va eshitishni o‘lchaydigan asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan “Yevro Xiaring” O‘zbekiston-Daniya qo‘shma korxonasi, burg‘ulash reagentlari, o‘t o‘chirish uchun mo‘ljallangan kukun va suyuqlik ishlab chiqaradigan “Far drilling Chemicals” korxonasi hamda har xil turdagi lobaratorik asbob-anjomlar ishlab chiqaradigan “Far Pribor” korxonalari tashkil etilgan bo‘lib, bu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki va tashqi bozozorda o‘z xaridoriga ega.

Hozirgi kunda “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi Xitoylik hamkorlari bilan toshdan qog‘oz ishlab chiqaradigan zavod qurmoqda. Ushbu korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilsa, yiliga 70 ming tonna qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqariladi, 80 dan ziyod yangi ishchi o‘rni yaratiladi.

- “Quyi bo‘g‘inning hisobot-saylov jarayonida bayon qilingan mazkur ma’lumotlar, bajarilgan ishlar va galdagi vazifalar barchani shodlantirdi. Sababi harakat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Yaxshi boshqaruvchi bor jamoada o‘sish bo‘ladi. Yig‘ilish yakunida Niyazov Jaxongir Abduraximovichning nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va jamoasining katta ishonchi bilan BPT raisi etib saylandi”, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi apparat rahbari S.Komilova.

Barcha tuman va shahar Kengashlari tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida xisobot-saylov yig‘ilishlari davom etmoqda.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+