VIDEO: O‘zLiDeP deputati “Ko‘chma xalq avto kutubxona” tashkil etdi

23.04.2019, 10:13

VIDEO: O‘zLiDeP deputati “Ko‘chma xalq avto kutubxona” tashkil etdi

Eng chekka hududlarda ham kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish va aholini kitob o‘qishga qiziqishini orttirishdek ezgu maqsadlarga astoydil bel bog‘lagan “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan yana bir hayrli ishga qo‘l urildi.

 Loyiha tashabbuskori Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, ma’rifatparpar tadbirkor Ma’rufxon Mo‘minov tomonidan keng ommani, ayniqsa olis hududlardagi aholini badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash va bepul foydalanishiga imkon beruvchi “Ko‘chma xalq avto kutubxonasi”ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘chma kutubxona jovonidagi 200 turdan oshiq 1000 ga yaqin nodir asarlar aholini kitobga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrida “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan aholining kitob o‘qishga qiziqishini ortirish maqsadida avtobus bekatlarida ochiq kitob javonlari, ta’lim dargohlarida  esa “Book Café”lar ham tashkil etilgan. Maqsad esa bitta, nafaqat yoshlarni balki ota-onanlarni ham kitobga bo‘lgan muhabbat va e’tiborni yanada kuchaytirish, odamlarda  kitobga nisbatan mehr uyg‘otish va bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etib, aholini kitobga do‘st qilish.

- Biz bugun mahallamizda kitob mutola qilishimiz uchun shunday sharoit yaratib berilganidan judayam hursandmiz, - deydi tadbir ishtirokchisi Tursunoy Mo‘minova. - Bizga ajratilgan ushbu avtobusdagi kitoblarni bor yo‘g‘i 12 ming so‘m to‘lov evaziga bir yil mobaynida bemalol foydalana olishimiz bizga juda ma’qul bo‘ldi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan ham “Ko‘chma xalq avto kutubxonasi”ga  adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1079
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зиёда Бегим2019-05-06 20:07:44

Бундай ташаббускор депутатлари бор партия хамиша БИРИНЧИ БУЛАДИ


Fikringizni qoldiring

+