Chetga eksport qilayotgan “Hazorasp Shirt” xususiy korxonasidagi quyi bo‘g‘in yetakchisiga ishonch bildirildi

23.04.2019, 14:49

Chetga eksport qilayotgan “Hazorasp Shirt” xususiy korxonasidagi quyi bo‘g‘in yetakchisiga ishonch bildirildi

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp Shirt” xususiy korxonasi 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu yilning o‘zida mazkur korxona qoshida partiya quyi bo‘g‘ini tashkil etildi. Dastlab 5 nafar partiya a’zolari birlashgan quyi bo‘g‘inda bugungi kunda a’zolar soni 20 nafarni tashkil etadi.  Korxona va quyi bo‘g‘inga partiya Hazorasp tuman Kengashdagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Dilshod Abulov rahbarlik qilib kelmoqda.

Asosan erkaklar kuylaklari va bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur tarmoq faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida tadbirkor D.Abulov joriy yilda Hazorasp tumanidagi “Erkin iqtisodiy zona” hududidan qo‘shimcha 15 sotix yer maydoni olib, 800 mln so‘m kredit va 300 mln so‘m o‘z mablag‘i evaziga Xitoy davlatidan 7 ta asbob-uskunalar keltirdi. Hozirda qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.

Mazkur korxonada faoliyat yuritayotgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Partiya vakillari ushbu korxona faoliyati, u yerdagi imkoniyatlar va galdagi rejalar bilan yaqindan tanishdilar.

Partiya vakillari tashrifi davomida Turkiyalik inverstorlar ushbu korxona bilan yaqin hamkorlik qilish jarayoniga guvoh bo‘lishdi. Investorlar ushbu korxona bilan bitim imzolab, u yerga 500 mln so‘m investitsiya kiritish maqsadi bor.

- Korxonada 8 yildan beri ishlab kelmoqdaman, - deydi quyi bo‘g‘in a’zosi Nigora Yo‘ldosheva.  - Biz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oylik maoshimiz ham yaxshi. Qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi maoshlar ham olamiz. Partiyaning tadbirlarida, davra suhbatlarida muntazam qatnashamiz. Yaqinda korxonamiz faoliyati yanada kengayishidan barchamiz xursandmiz.

Ta’kidlash joizki, tadbirkor D.Abulov bugungi kunda ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining barchasini Qozog‘iston davlatiga eksport qilmoqda. Tadbirkor o‘z mahsulotlarini boshqa davlatlarga ham eksport qilishni rejalashtirgan.

Mazkur korxonaning yana 6 nafar yangi xodimlari partiya safiga a’zolikka qabul qilindi.

Ushbu korxona qoshida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in yetakchisi D.Abulov xalq vakili sifatida aholi muammolarini o‘rganib, ijobiy yechim topishga astoydil harakat qilib kelmoqda. Bo‘lib o‘tgan ushbu korxonadagi BPT hisobot yig‘ilishi yakunida D.Abulov faoliyati qoniqarli deb topilib, unga yana ishonch bildirildi.

                                                                            Mardonbek Abdirimov, O‘zLiDeP

Hazorasp tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    810
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2019-04-23 16:03:02

Уз ишининг мохир усталари булган тадбиркорларимиз уз иш фаолиятини кенгайттириб янги иш уринлари яратиш билан биргаликда иш унимдролигини ошириб бормокда. Маколадаги тадбиркор Д.Абулов каби тадбиркорларимизни намуна килиб партия фаоллари булган электоратимизга укув семинарлар ташкиллаштирилса нур устига нур булари сузсиз


Fikringizni qoldiring

+