O‘zLiDeP “SamRosXolod” qo‘shma korxonasida samarqandlik yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

23.04.2019, 17:03

O‘zLiDeP “SamRosXolod” qo‘shma korxonasida samarqandlik yoshlar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

O‘zLiDeP Samarqand tuman kengashi Gulobod ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun tumandagi “SamRosXolod” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonada mahorat darsi tashkil etdi.

- Korxonamiz 2009 yilda tashkil qilingan. U yerda 10 turdan ortiq qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari korxonamizda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini saqlaydigan muzlatgichlar bo‘lib, mahsulotlar yil davomida chetga eksport qilinyapti. Korxonamizda 75 nafar ishchi xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi, - deydi korxona direktori o‘rinbosari Shavkat Yuldashev. - Bugun tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga katta imkoniyatlar mavjud. Inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya olsa albatta, bunga erishadi. Shu sababli, bugungi seminarimizda yoshlarga o‘z faoliyatimiz davomida erishgan yutuqlarimiz, tadbirkorlikning sir-arorlarini batafsil tushuntirishga harakat qildik. Maqsadimiz yoshlarni ham tadbirkorlikka jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush farovonligini ta’minlashdan iborat.

Seminar ishtirokchilari ushbu korxonada tashrifi davomida u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishchi-xodimlarga yaratib berilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, yoshlarga tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi, ayrimlari shu yerda ishlash istagi borligini bildirib o‘tishdi.

Bu kabi tajribali tadbirkorlar bilan amaliy muloqotlar barcha tumanlarda davom etmoqda.

Ma’mura Qalandarova,

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi

  • Ko'rildi
    743
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+