O‘zLiDeP faoli tashkil qilgan Qarshi shahridagi nodavlat maktabda zamonaviy texnologiyalar asosida dars o‘tilyapti (+FOTO)

24.04.2019, 15:30

O‘zLiDeP faoli tashkil qilgan Qarshi shahridagi nodavlat maktabda zamonaviy texnologiyalar asosida dars o‘tilyapti (+FOTO)

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi va partiya deputatlik guruhi vakillari “ILM-U ZIYO SCHOOL” nodavlat maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, u yerda tahsil olayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tegishli soha vakillari, partiya viloyat Kengashi xodimlari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega yoshlarni tarbiyalash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Ushbu nodavlat maktab direktori, partiya faoli Uchqun Rahmonovning ma’lum qilishicha, bugun muassasada o‘quvchi-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali mutaxassislar ham tanlov asosida tanlab olingan. Barcha sinf xonalar elektron doska va zarur o‘quv qurollari bilan to‘liq jihozlangan.

“Prezidentimizning 2017 yil 15 sentyabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, “Asaka bank” Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan 300 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olib, faoliyatimizni yo‘lga qo‘ydik. Muassasamizda eng ilg‘or ta’lim uslublari orqali aniq fanlar va ingliz tilini o‘rgatish, ta’lim berish jarayonida zamonaviy texnologiyalarni, rivojlangan mamlakatlar ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyati mavjud. Joriy yilda 1-sinfga 88 nafar, 2- sinfga 26 nafar o‘quvchi qabul qildik”, – deydi U.Rahmonov.

Ma’lumot uchun, 2018 yil 5 sentyabrda tashkil etilgan mazkur nodavlat maktabda 114 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Darslar ingiliz va rus tillarida o‘tiladi. Eng muhimi, o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinib, muassasada raqs, musiqa, shahmat, tayekvando va futbol to‘garaklari ham tashkil etilgan.

 A.SULTONOVA,

O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1928
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Xayitova Manzura2019-04-24 22:43:20

Qarshini qayerida ochilibdi.


Nizomova Aziza2019-04-24 22:40:59

Shunaqa zo'r maktab ochilibdimi qayerida joylashgan ekan


Сарвар Бекмуродов O’zLiDeP Қашқадарё вилоят кенгаши депутатлар билан ишлаш бўлими мудири2019-04-24 16:20:27

“Президентимизнинг 2017 йил 15 сентябрдаги “Нодавлат таълим хизматлари кўрсатиш фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорига мувофиқ Қаршида мана шундай типдаги таълим муассасалари кўпаймоқда


Fikringizni qoldiring

+