To‘rtko‘llik deputatlarimiz hokim o‘rinbosari hisobotidan qoniqdi

24.04.2019, 15:47

To‘rtko‘llik deputatlarimiz hokim o‘rinbosari hisobotidan qoniqdi

Joriy yilda To‘rtko‘l tumanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 1 mln. 450 ming dollarlik 3 loyiha amalga oshiriladi. Mazkur loyihalar hayotga tatbiq etilgach, 98 yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bu haqda xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda tuman hokimining Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Bekchanovning hisoboti  tinglandi.

“Tumanimizda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami 78 mlrd. 843 mln. so‘mlik 47 ta loyiha amalga oshiriladi. Buning hisobiga esa 385 ta yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan. Shundan 32 mlrd. 128 mln. so‘m bank kredit mablag‘lari hisobidan, 1 mln. 450 ming dollari xorijiy investitsiya evaziga amalga oshiriladi”, – deydi M.Bekchanov.

Yig‘ilishda so‘z olgan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari R.Atabayev va  A.Pazilovlar tumanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    745
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+