Ishonchni oqlagan S.Dusmuxamedova BPT raisi etib qayta saylandi

24.04.2019, 15:53

Ishonchni oqlagan S.Dusmuxamedova BPT raisi etib qayta saylandi

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 23-sonli oilaviy poliklinika qoshida faoliyat yuritayotgan OʻzLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda BPT yetakchisi Saodat Dusmuxamedova quyi bo‘g‘inning 2018 yildagi faoliyati haqida hisobot berib, 2019 yildagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.   

Yig‘ilishda shuningdek, BPTlar bilan ishlashda yangicha uslublardan foydalanish, quyi bo‘g‘inlar samaradorligini oshirish, a’zolar safini yanada kengaytirish, partiya elektorati uchun biznes muhitini yaratish, quyi bo‘g‘in yetakchisini saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

S.Dusmuxamedova yetakchilik qilayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti mamlakatimizda kechayotgan demokratik islohotlar mazmun-mohiyatini jamoa a’zolari orasida chuqur tushuntirishda doimo faol. Qolaversa, u boshchiligidagi poliklinika xodimlari aholi salomatgini nazoratga olib, tuman profilaktika muassasalari orasida doimo yaxshi o‘rinlarni olib keladi.

– Boshlang‘ich tashkilotimizda siyosiy o‘quv, seminar-treninglar muntazam o‘tkaziladi. Xususan, poliklinika xizmat ko‘rsatadigan hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarlarning deputatlar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Asosiy vazifamiz ham aholining siyosiy faolligini oshirish orqali a’zolarimiz sonini kengaytirish, partiyaning jamiyatdagi nufuzi va o‘rnini yanada oshirishdan iboratdir, – deydi S.Dusmuxamedova.

Yig‘ilish so‘ngida ishonchni oqlagan S.Dusmuxamedova bosh­lan­g‘ich partiya tashkiloti yetakchisi etib qayta saylandi.

 Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    745
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+