Uchqo‘rg‘onda partiya tashkilotidagi 14 ta BPT raislari vazifasidan ozod etildi

24.04.2019, 15:56

Uchqo‘rg‘onda partiya tashkilotidagi 14  ta BPT raislari vazifasidan ozod etildi

Ayni kunlarda partiyaning barcha hududiy Kengashlari tarkibidagi  boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi tarkibida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inlarning hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilmoqda.

- Tuman partiya tashkilotida 73 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib boryapti. Hozirga qadar 23 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari ko‘tarinki ruhda va uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, quyi bo‘g‘inlar zimmasidagi yangi vazifalar belgilab berildi, - deydi tuman Kengashi apparat rahbari Ulug‘bek Umrzaqov. - Yig‘ilishlar davomida quyi bo‘g‘inlar tomonidan o‘tgan bir yil ichida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil etilib, boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish samaradorligini oshirish, ularning to‘laqonli va davr talablari darajasida faoliyat olib borishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish zarurligi alohida e’tirof etildi.

O‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 10 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari faoliyati qoniqarli deb topilib, ularga qayta ishonch bildirilildi.

Partiyaning belgilab bergan vazifalarni sidqidildan bajarmagan, bironta bir tashabbus ko‘rsata olmagan “Matlubod savdo” MChJ, “Uchqo‘rg‘on Paxta tozalash” AJ, “Sherstar” o‘quv markazi va tuman pochta-aloqa bo‘limi kabi 14 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari o‘z vazifasidan ozod etilib, ushbu quyi bo‘g‘inlarga shijoatli, talabchan yangi rahbarlar saylandi.                         

Hisobot-saylov yig‘ilishlarida yangi saylangan barcha boshlang‘ich partiya tashkilot raislariga kelgusida partiya g‘oyalarini xalq orasida targ‘ibot qilish, tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlar va ayollarni ish bilan band qilish, deputatlar bilan hamkorlikda ishlash kabi masalalar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar belgilab berildi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+