VIDEO: Mingbuloqdagi “Yoshlar soworking markazi”da O’zLiDeP burchagi tashkil etildi

24.04.2019, 16:19

VIDEO: Mingbuloqdagi “Yoshlar soworking markazi”da O’zLiDeP burchagi tashkil etildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Mingbuloq tumanidagi “Yoshlar coworking markazi”da “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishda O‘zLiDePning ustuvor vazifalari” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Partiya “Yoshlar qanoti” faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan amaliy muloqotda yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni hayotga tatbiq etishda O‘zLiDeP tomonidani amalga oshirilayotgan partiyaviy loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Mingbuloq tumanidagi “Yoshlar coworking markazi” viloyatda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan. Ayni paytgacha markaz ko‘magida bir guruh iqtidorli, izlanuvchan, faol yoshlar tadbirkorlik tashabbuslarini va biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishdi.

- “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman kengashi tomonidan 2018 yil mobaynida dastur doirasida manzilli ro‘yxatga kiritilgan 12 nafar yoshlardan 9 nafariga imtiyozli kreditlar ajratildi, - deydi ushbu jamg‘armaning tuman kengashi bosh mutaxassisi Mavlon Mamasobirov. - Ushbu loyiha tashabbuskorlariga jami 868 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi. Buning natijasida 46 nafar yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2019 yil uchun “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali komissiyasi tomonidan 6 mlrd 479 million so‘mlik 51 ta loyihalar o‘rganib chiqilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 7 nafar loyiha tashabbuskorlariga Xalq banki tuman bo‘limi tomonidan 1 mlrd 285 million so‘mlik mablag‘lar ajratildi. Bu orqali 297 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 10 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilinib, quyi bo‘g‘in faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Eng quvonarlisi, “Yoshlar soworking markazi”da O‘zLiDeP burchagi tashkil etildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+