O‘tgan yili 170 ishchi bilan faoliyat boshlagan “Ekvatorial Chodak” MJChda bugun 1007 xodim mehnat qilyapti

25.04.2019, 16:44

O‘tgan yili 170 ishchi bilan faoliyat boshlagan “Ekvatorial  Chodak” MJChda bugun 1007 xodim mehnat qilyapti

Bu haqda Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida alohida ta’kidlandi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosari – xotin qizlar qo‘mitasi raisi Laylo Sharipovaning  hisoboti tinglandi.

L.Sharipovaning ma’lum qilishicha, 2018 yilda tumanda xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 592 nafar xotin-qizga tikuvchilik, asalarichilik, parrandachilikni rivojlantirishga ko‘maklashilgan. Issiqxona tashkil etish istagida yurgan ayollarga tegishli miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.

“Joriy yilning o‘tgan davrida esa 45 nafar tadbirkor ayollarga  tijorat banklari tomonidan 644,7 mln. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, tumandagi 31 MFYda kichik tikuv sexlari tashkil etilib, o‘z tomorqasida biznesni boshlagan 112 nafar xotin-qizga mehnat daftarchalari ochildi. Ilgari tumanda 1212 nafar ayollar ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, hozirga kelib xotin-qizlar qo‘mitasining sa’y-harakati  bilan bu ko‘rsatkich 98 taga kamaydi,”, –  deydi  Laylo Sharipova.

 “Shuningdek, ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha olib borilgan tadbirlar natijasida 2018 yilda 79 nafar xotin-qiz aniq  ijtimoiy - foydali mehnat bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi. Joriy yilning o‘tgan davrida esa 20 nafar xotin-qizga tikuvchilik, sartaroshlik, milliy pishiriqlar va shirinliklar tayyorlash sir-asrorlari o‘rgatildi. Hozirda ular ham mustaqil faoliyat olib boryapti”, – deya qo‘shimcha qildi u.  

Yig‘ilishda shuningdek, 2018 yilda tumanda MChJ shaklida tashkil etilgan “Ekvatorial  Chodak” tikuv korxonasining ishga tushishi natijasida 170 nafarga yaqin xotin-qiz ishli bo‘lgani, joriy yilga kelib korxona faoliyatining yanada kengayishi hisobiga bu ko‘rsatkich 1007 nafarga yetgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1018
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+