Salohiyatli kadrlar – taraqqiyotimiz garovi

25.04.2019, 16:47

Salohiyatli kadrlar – taraqqiyotimiz garovi

Bugungi kunda Guliston davlat universitetida 6 ming 992 nafar talaba-yoshlar ta’lim-tarbiya olishmoqda. Mazkur o‘quv yilida 1 ming 31 nafar yigit-qizlarning mazkur oliygohni tamomlashlari belgilangan.

Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish faol, yosh mutaxassislarni aniqlash, salohiyatli yigit-qizlarni mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etishdagi faolligini qo‘llab–quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Guliston davlat universitetida O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida o‘tgan “Salohiyatli kadrlar – taraqqiyotimiz garovi” mavzusida ochiq muloqot ana shu maqsadga yo‘naltirildi.

Mazkur muloqotda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari Fahriddin Abdusattorov ishtirokchilarni loyihaning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi.

- Bugungi kunda mamlakatimizda davlat va jamiyatimizda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yosh va malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayapti, - dedi Faxriddin Abdusattorov. - Bu borada siyosiy partiyalar tomonidan kadrlarni o‘z o‘rniga qo‘yish va ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish lozim. Partiyaning viloyat,  tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish barobarida faol yosh mutaxassislarni aniqlash, qayd etib borish maqsadga muvofiq.

Partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasining slayd-taqdimoti ham  o‘tkazildi. Loyiha oliy ta’lim muassasasi talabalari bilan ochiq muloqot shaklida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv tarzida o‘tkazildi. Uchrashuv jarayonida partiya safiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan, partiya tizimida ishlashga va partiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanishga rozilik bildirgan o‘ndan ziyod talaba yoshlar partiyaning kadrlar zahirasiga olindi.

Husan JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+