Joriy yilda Kattaqo‘rg‘onda 95 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 2 mlrd. 369,5 mln so‘mlik kredit ajratildi

25.04.2019, 16:51

Joriy yilda Kattaqo‘rg‘onda 95 nafar fuqaroga  tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 2 mlrd. 369,5 mln so‘mlik kredit ajratildi

Bu haqda xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – Kelajagimiz” Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan “Xalq banki” Payshanba filiali boshqaruvchisi L.Ziyayevning hisobotini tingladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur Dasturlar doirasida joriy yilning 1-choragi mobaynida “Xalq banki” Payshanba filiali tomonidan 20 nafar fuqaroga 674  mln. so‘mlik kredit ajratilgan.

“Masalan, issiqxona tashkil etish uchun 6 nafar fuqaroga 158 mln, bog‘dorchilik uchun 1 nafar fuqaroga 170 mln, non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 1 nafar fuqaroga 40 mln, parrandachilik uchun 7 nafar fuqaroga 174 mln so‘mlik kreditlar ajratildi. Shuningdek, 1 nafar fuqaro asalarichilikni tashkil etish uchun 30 mln, 2 nafar fuqaro tikuvchilik uchun 57 mln, 1 nafar fuqaro baliqchilik uchun 15 mln hamda 1 nafar fuqaro qo‘ychilikni tashkil etish uchun 30 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari bilan ta’minlandi”, – deydi L.Ziyayev

 Yig‘ilishda shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan AT “Agrobank” Payshanba filiali boshqaruvchisi Sh.Qobilovning hisoboti ham eshitildi.

Sh.Qobilovning aytishicha, AT “Agrobank” Payshanba filiali tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida 75 nafar fuqaroga 1 695 500 000 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

“Xususan, issiqxonalar tashkil etish uchun 20 nafar fuqaroga 494 mln, bog‘dorchilik uchun 2 nafar fuqaroga 54 mln, hunarmandchilik asosida elektr pechi sotib olish uchun  3 nafar fuqaroga 30 mln, parrandachilik uchun 39 nafar fuqaroga 777,5 mln so‘mlik kredit ajratilgan. Bundan tashqari, asalarichilik uchun 1 nafar fuqaroga 30 mln, tikuvchilik uchun 1 nafar fuqaroga 30 mln, baliqchilik uchun 3 nafar fuqaroga 81 mln, qo‘ychilik uchun 4 nafar fuqaroga 73 mln, artizan qudug‘i qurish uchun 1 nafar fuqaroga 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari berilgan”, – deydi  Sh.Qobilov.

Yig‘ilishda so‘z olgan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari H.Turayev, O.Rahmonov va Q.Axmedovlar ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga yangi tadbirkorlar kashf etilib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilayotganini alohida e’tirof etishdi.

Yig‘ilishda eshitilgan axborotlar qoniqarli deb topilib, partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    162
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+