TTESIning 10 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

25.04.2019, 16:58

TTESIning 10 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zahirasiga olindi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yakkasaroy tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Bunyodkor yoshlar – kelajak tayanchi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.   

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda siyosiy jihatdan yetuk, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishga alohida e’tibor qaratildi.

– Oliygohimizda qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega shijoatli yoshlarimiz ko‘p, – deydi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Ulug‘bek Abdullayev. –Partiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir esa talabalarimizning siyosiy bilimlarini oshirishda muhim omil bo‘ldi. Nega desangiz, yoshlarimiz mamlakatimizda yoshlarga oid qabul qilinayotgan yangi qonunlar bilan tanishish barobarida 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar haqida ham ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbir so‘ngida faol va tashabbuskor yoshlardan 10 nafarga yaqini partiya kadrlar zahirasiga olindi. Endi ular siyosiy bilimlarini oshirish uchun O‘zLiDeP tuman Kengashlarida amaliyot o‘taydi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    833
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+