O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi BPT sonini 1000 taga yetkazishni maqsad qilgan

25.04.2019, 17:02

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi BPT sonini 1000 taga yetkazishni maqsad qilgan

Bugungi kunda partiyaning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va yangi boshlang‘ich partiya tashkilotlari tashkil qilish orqali a’zolari sonini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari aholi muammolarini o‘rganish, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini partiya deputatlik guruhlari orqali ijobiy yechim topishda, partiyaning turli targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etishda katta tashabbus ko‘rsatmoqda.

Eng muhimi 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda partiyaning munosib ishtirok etishda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining o‘rni beqiyosdir.

Ana shu maqsadda partiya vakillari yirik korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari, yangi tashkil etib kelinayotgan tashkilotlrda ham boshlang‘ich partiya tashkilotlarini ochishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan ham qator amaliy ishlar qilinyapti. Xususan, aprel oyi “Boshlang‘ich partiya tashkilotlarini rivojlantirish oyligi” deb e’lon qilindi. Partiya vakillari hududlardagi qorxona, tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borib, yangi boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzmoqda. O‘z faoliyatini tugatgan korxona, tashkilot va muassasalardagi quyi bo‘g‘inlar faoliyati to‘htalib, ularning a’zolari to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Bugungi kunga qadar Farg‘ona viloyatida 24 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzilib, 300 nafardan ziyod yangi a’zolar qabul qilindi. Farg‘ona viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashida, “Quvasoy niholi” xususiy korxonasida, Uchko‘prik tumani “Tomorqa” mas’uliyati cheklangan jamiyatida, “Akmal toza mahsulot” xususiy korxonasida tashkil etilgan yangi quyi bo‘g‘inlar shular jumlasidan.

- Partiya vakillari bizning korxonamizga tashrif buyurib, faoliyatimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘plab ishchi-xodimlarimiz partiyaning dasturi bilan yaqindan tanishib, unga a’zo bo‘lishga qaror qilishdi. Korxonamizda tuzilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti orqali xodimlarning turli muammolarini hal qilishda va takliflarini amalga oshirishda faol ishtirok etamiz, - deydi “Quvasoy niholi” xususiy korxonasidagi BPT raisi N.Ergasheva.

Partiyaning Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirib, kelgusida boshlang‘ich partiya tashkilotlari sonini 1000 nafarga yetkazishni maqsad qilgan.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    866
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+