Elektoratga eng yaqin bo‘g‘in

26.04.2019, 16:06

Elektoratga eng yaqin bo‘g‘in

Bekobod shahar “Tinchlik” MFY hududida faoliyat yuritayotgan O‘zLiDeP boshlangich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida mazkur quyi bug‘in yetakchisi Kamola Turdiyevaning 2018 yildagi faoliyati va 2019 yildagi ish rejalari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda BPTni kuchaytirish, deputatlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarda natijadorlikka erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

- Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2005 yil ochilgan bo‘lib, hozirda 28 nafar a’zoni jipslashtirgan, - deydi K.Turdiyeva. - Ularning ko‘pchiligini siyosiy jihatdan yetuk, yechimini kutayotgan muammolardan xabardor, elektorat bi­lan bevosita ishlashga qodir safdoshlarimiz tashkil etadi. Buni o‘tgan davr mobaynida BPT tomonidan odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar samarasidan ham bilish qiyin emas.

Yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan BPT yetakchisi K.Turdiyevaga qayta ishonch bildirildi.

I. ZOITOVA,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1120
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+