Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Soliyajon Matyaqubova O‘zLiDePning eng faol BPT raisi

26.04.2019, 16:34

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Soliyajon Matyaqubova O‘zLiDePning eng faol BPT raisi

Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘idagi “Xushnudbek” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi nafaqat tumandagi, balki vohamizdagi yirik fermer xo‘jaliklaridan biridir. Fermer xo‘jaligi tarkibida tashkil etilgan quyi bo‘g‘inda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Soliyajon Matyaqubova raislik qilmoqda.

Markuz fermer-xo‘jaligidagi quyi bo‘g‘inning hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda BPT raisi S.Matyaqubovaning hisoboti tinglanib, galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur fermer xo‘jaligida partiya quyi bo‘g‘ini 2014 yilda tashkil etilgan. U yerda 40 nafar yoshlar mehnat qilmoqda. Ularning barchasi partiyaga a’zo bo‘lib, doimo tadbirlar va uchrashuvlarda o‘zlarining aniq takliflari va fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib keladi.

- Faoliyatimga to‘xtaladigan bo‘lsam, fermer xo‘jaligimiz ko‘p tarmoqli bo‘lib umumiy yer maydoni 110 gektarni tashkil etadi.  Asosan paxtachilik, g‘allachilik bilan bir qatorda pillachilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik, uzumchilik yo‘nalishlarida ham faoliyat olib boradi, - deydi Soliyajon opa. - Bundan tashqari qishlog‘imizda tashkil etilgan go‘zallik saloni va to‘yxona aholiga beminnat xizmat ko‘rsatib kelyapti. O‘tgan yili yili 150 tonnalik sovutkichli omborxonani ishga tushirdik. Dastlab 74 tonna uzum saqlangan bo‘lsa, hozirda 40 tonna sabzi saqlanmoqda.

“Mazkur fermer xo‘jaligida ishlab qishloq xo‘jaligi bo‘yicha juda ko‘p bilimlarga ega bo‘ldim. Partiyaga a’zo bo‘lib, siyosat bilan yaqindan tanishdim. Yangi chiqarilayotgan qonun va loyihalarga qiziqish uyg‘ondi. OAV bo‘yicha ham kunlik siyosiy jarayonlar bilan tanishib borish mening odatimga aylandi. Bunda albatta, O‘zLiDeP menda katta qiziqish uyg‘ota oldi. Nasib qilsa, kelgusida men ham Soliyajon opaga o‘xshab deputat bo‘lishni, o‘zimning ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimni tashkil qilishni niyat qilganman”, - deydi quyi bo‘g‘in faoli Gulnora Iskandarova.

Ta’kidlash joizki, deputat boshchiligidagi mazkur jamoa viloyat miqyosida o‘tkaziladigan ko‘plab tanlovlarda, ko‘rgazmalarda va sport musobaqalarida muntazam qatnashib, o‘z o‘rnini egallab kelmoqda. Yana bir muhim yangilik esa, fermer xo‘jaligi rahbari yaqin kunlarda o‘z mahallasi farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrovini o‘ylab, davlat xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi ham tashkil qilish niyatida.

Nilufar Djabbarova,

O‘zLiDeP Xorazm

viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+