“Mustaqillikning 20 yilligi” MFY qoshida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi

26.04.2019, 16:39

“Mustaqillikning 20 yilligi” MFY qoshida O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi

O‘zLiDeP Norin tuman Kengashi tumandagi “Mustaqillikning 20 yilligi”  MFYda “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda aholi bilan doimiy muloqot qilish, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbir davomida aholining muammolari, takliflari ham tinglandi. Xususan, shu mahallada yashovchi M.O‘rinova va Z.Ubaydullayevalar o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etmoqchi ekanliklarini aytib, imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radilar. O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari sa’y-harakati bilan bu muammo joyida hal etildi. Endi fuqarolarga “Agrobank” tuman filiali tomonidan 8 foizlik imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Norinlik N.Rashidovaning kredit olish bo‘yicha qilgan murojaati ham shu yerning o‘zida qanoatlantirildi. Endi N.Roshidova ham “Xalq bank”i tuman filiali tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit evaziga 50 bosh zotdor quyonlar olib parvarishlaydi.  

–Mahallamizda 2100 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi, – deydi mazkur mahallada yashovchi Manzura Elchiyeva. – Partiya faollarini mahallamizga tashrifi biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Boisi, mahallamizda o‘z biznesini boshlash harakatida yurgan, lekin kimdan ko‘mak so‘rashni bilmayotgan xotin-qizlarimiz ko‘p edi. Mana, partiya ko‘magi bilan ularning aksariyati tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.

Ta’kidlash kerak, tadbir davomida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan fuqarolar partiya safiga qabul qilinib, ushbu mahalla qoshida  O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1078
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+