O‘zLiDeP naymanlik ishsiz yoshlar uchun gidroponik usulda tashkil etilgan issiqxonada master-klass o‘tkazdi

26.04.2019, 16:44

O‘zLiDeP naymanlik ishsiz yoshlar uchun gidroponik usulda tashkil etilgan issiqxonada master-klass o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Taxiatosh tumanidagi “Nukus universal bazasi” issiqxonasida “Nayman” ovul fuqarolar yig‘inidagi ishsiz yoshlar uchun master-klasss tashkil qildi.

Mazkur ovul fuqarolar yig‘inida 10 ming 503 nafar aholi farovon hayot kechirib kelmoqda. Shundan 5 mingdan ziyodini xotin-qizlar, 2 ming nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.

Partiyaning tuman kengashi va mahalla faollari bilan hamkorlikda ushbu mahalla ahlining o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, tajribali tomorqachi xonadon egalari bilan muloqotlar qilish, ularning tajribalarini yoshlarga tushuntirish maqsadida ushbu gidroponik usulda tashkil etilgan issiqxonada mahorat darsi tashkil etildi.  

- O‘tgan yilning oktabr oyida “Hamkor bank” tuman filialidan kredit olib, “Nukus universal bazasi” issiqxonasining 1 gektar yer maydoniga gidroponik usulda gollandiya pomidorining alamina sortini ekkan edik, – deydi ushbu issiqxona rahbari U.Saatbayev. - Issiqxona uchun kerakli kontiner, asbob-anjomlar Janubiy Koreyadan keltirildi. Hozirda  pomidorni tomchilatib sug‘orish ishlari olib borilmoqda. Tomchilatib sug‘orish orqali bitta ekilgan pomidor navidan ikki marta hosil olish mumkin. Issiqxonamizda 14 nafar yoshlar doimiy ish bilan band.

Tadbir davomida yoshlar tajribali tadbirkor U.Saatbayevning gidroponik usulda pomidor navini yetishtirayotgan issiqxonasini ko‘zdan kechirishdi. U yerda yoshlar issiqxona faoliyati, yerga ishlov berish, o‘z vaqtida sug‘orish, tomorqadan samarali foydalanishda ko‘proq nimalarga e’tiblor qaratish kerakligi borasida zarur ko‘rsatma va tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi va ko‘pchiligi o‘z tomorqalarida ham issiqxonalar tashkil qilishni maqsad qildi.   

O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1060
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+