O‘zLiDeP faollari “GULISTAN-MILI-TEXTILE” MChJ faoliyati bilan tanishdi

29.04.2019, 17:09

O‘zLiDeP faollari “GULISTAN-MILI-TEXTILE” MChJ faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Guliston shahridagi “GULISTAN-MILI-TEXTILE” MChJda partiya faollari va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun sayohat uyushtirdi.

Dastlab ishtirokchilar korxona faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.  

Ma’lum bo‘lishicha, bugun korxonada 400 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. E’tiborli jihati, ularning 90 foizini mahalliy kollej bitiruvchilari tashkil etadi.

“2018 yilda 7,5 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilgan edik. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 9,5 mln. AQSh dollariga yetkazishni mo‘ljallayapmiz.Mahsulotlarni asosan Ukraina, Belorusiya, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya davlatlariga eksport kilamiz. Joriy yilda ishlab chiqarish hajmini 20 foizga oshirish va sifatni yanada yaxshilashni rejalashtirganmiz. Shu bois, hozirda korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida 12 gektar yer maydonida qurilish ishlarini olib bormoqdamiz”, – deydi “GULISTAN-MILI-TEXTILE” MChJ rahbari Ravshan G‘aniyev.

Darvoqe, bugun korxona qoshida 63 nafar tarafdorlarimizni birlashtirgan O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini ham faoliyat yuritmoqda. Tayanch nuqta yetakchisining tashabbuskorligi tufayli BPT a’zolari soni yil sayin ortib boryapti.

Shu kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishida ham BPTning o‘tgan davrdagi faoliyati alohida e’tirof etilib, ishonchni oqlagan R.G‘aniyev qayta BPT raisligiga saylandi.

Tadbir so‘ngida O‘zLiDeP safiga qabul qilingan 10 nafar ishchi-xodimga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

                                 Iroda HUSANOVA,

O‘zLiDeP Guliston shahar

Kengashi xodimi

  • Ko'rildi
    1498
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+