O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar oldi

30.04.2019, 16:07

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi holidan xabar oldi

Mamlakatimizda ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini e’zozlash,  front ortida og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan ajdodlarimizga mehr-oqibat ko‘rsatish tom ma’noda milliy an’anaga aylangan.

Shu munosabat 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari, O‘zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan bir qator xayrli tadbirlar uyushtirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Xaniyazov ham Qonliko‘l tumanidagi “Qonliko‘l” posyolka fuqarolar yig‘inida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qazaqbay Qosuaqov xonadonida bo‘lib, otaxon bilan dildan suhbat qildi.

Suhbat va muloqotlar davomida Qazaqbay ota urush yillarida ko‘rgan zahmatlarini, qiyinchiliklarini yoshlarga so‘zlab berdi.

“Ming shukrki bugun yurtimiz tinch, xalqimiz farovon hayot kechirmoqda, – deydi Qazaqbay Qosuaqov. – Hozir 40 nabira, 20 chevara, 15 nafar evaram bor. Ularga urush davridagi voqealar, mashaqqatli kunlar haqida gapirib beraman. Toki, ular ham zamonimiz, tinchligimiz, to‘kin-sochinligimiz qadriga yetsin. 

Uchrashuv davomida xalq vakili hamda partiya vakillari tomonidan Qazaqbay otaga bayram sovg‘alari topshirildi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    995
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+